Xiaomi xiti taqdimotdan 10 oy o‘tib global bozorga ham chiqyapti

  •   DiMaX
  •  824
  •  17.09.2020 15:59

Xiaomi xiti taqdimotdan 10 oy o‘tib global bozorga ham chiqyapti

Smart-soatlar bozorida «Xitoycha Apple»ning ham o‘ziga yarasha o‘rni bor. Biroq uning 2019 yilning so‘ngida namoyish etgan Xiaomi Mi Watch Color smart-soati hozirgacha faqat o‘z yurtida sotilib kelmoqda.

O‘QING: Dunyodagi eng ommabop smart-soatlar (2020 yilning 1-yarmi)

Xiaomi Mi Watch Color doirasimon korpusga ega bo‘lib, Xitoyda u yanvarning boshida atigi 115 AQSh dollariga teng narxda sotila boshlagan. Endi esa ishlab chiqaruvchi uni dunyo bozoriga ham chiqarishga qaror qildi.

Kompaniyaning Hindiston bo‘linmasi rasman e’lon qilishicha, 29 sentyabrda mazkur gadjetning Xitoydan tashqaridagi ilk taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Bu mamlakatda uni Mi Watch Revolve yoki Mi Watch SE modeli sifatida bozorga chiqarishadi.

Ushbu aqlli soatning keyinchalik shu nom bilan boshqa mamlakatlar bozorlariga ham chiqishini kutish mumkin. Uning narxi Xitoydagisidan balandroq bo‘lishi turgan gap, lekin aynan qanchadan sotilishi hozircha aniq emas.

Darvoqe, smartvochning global nomini ko‘rib, siz ham kupertinolik kompaniya kechagina namoyish qilgan arzon va yoshlarbop Apple Watch SE modelini esladingizmi?

O‘QING: 37 kun avtonom ishlovchi, retro-dizaynli Amazfit Neo smart-soati chiqdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!