Xiaomi yana ikkita smartfoniga barqaror global MIUI 11 proshivkasini tarqatmoqda

  •   DiMaX
  •  1900
  •  04.11.2019 15:02

Xiaomi yana ikkita smartfoniga barqaror global MIUI 11 proshivkasini tarqatmoqda

«Xitoycha Apple» avvalroq Xiaomi Mi 8 flagmaniga xitoycha, undan oldin esa Redmi K20 va Redmi K20 Pro (sotib olish) smartfonlariga global MIUI 11 proshivkasini tarqatishni boshlagandi. Yaqinda bo‘lsa Xitoydan tashqarida yangi talqindagi global proshivkagacha yangilanayotgan modellar soni yana to‘rttaga ko‘paygan.

O‘QING: MIUI 11'ning barqaror global proshivkasiga o‘tuvchi smartfonlar ro‘yxati e’lon qilindi

Endi korporatsiyaning o‘tgan yilgi flagmani – Xiaomi Mi 8 modeliga global proshivka ham kela boshlagan. Bugina emas, balki uning yanada ilg‘or versiyasi – Xiaomi Mi 8 Pro flagmani egalari ham global MIUI 11 asosidagi barqaror proshivkani o‘rnatib olishlari mumkin.

Ushbu ikkala holatda ham MIUI 11 grafik qobig‘i Android 9 Pie operatsion tizim talqini bazasiga qurilgan. Hajmi 1.9 gigabayt keluvchi mazkur apdeyt oktyabr xavfsizlik patchlarini ham o‘z ichiga olgan.

MIUI 11 proshivkasidagi o‘zgarishlar va yangi imkoniyatlar haqida mana bu maqolamizda ma’lumotlar berganmiz. Xiaomi kompaniyasining aksariyat smartfonlarini 610 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan sotib olish mumkin.

O‘QING: Taqdimotidan avval sotilayotgan Redmi Note 8T’ni ishlatib, Redmi Note 8 bilan taqqoslab ko‘ramiz! («jonli» video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.