Xiaomi’ning eng muammoli smartfoni antirekord o‘rnatdi!

  •   DiMaX
  •  1947
  •  13.04.2020 17:00

Xiaomi’ning eng muammoli smartfoni antirekord o‘rnatdi!

«Xitoycha Apple» o‘zining Xiaomi Mi CC9e smartfonini global versiyada Xiaomi Mi A3 nomi bilan taqdim etgan. Android One dasturi doirasida «toza» tizim bilan chiqarilgan bu qurilmaga yaqinda Android 10 operatsion tizim talqinidagi proshivka tarqatilgan edi.

O‘QING: Xiaomi’ning ushbu smartfoniga kelgan yangilanish uni «g‘isht»ga aylantirdi

Xiaomi endi mazkur apdeytni ham to‘xtatib turishga majbur bo‘ldi, chunki Android 10 talqinigacha yangilangan ushbu rusum smartfonlarida bir qator muammolar kuzatildi. Shu tariqa, Xiaomi Mi A3 modeliga yangilanish uchinchi marta tarqatilib-to‘xtatildi va bu bilan u haqiqiy antirekord o‘rnatdi.

Xiaomi Mi A3 foydalanuvchilari yangilanishdan so‘ng duch kelgan muammolar ro‘yxatida, jumladan, quyidagilar mavjud:

  1. Akkumulyator quvvati tez tugab qoladi;
  2. Smartfon tasodifan o‘z-o‘zidan o‘chib yonadi;
  3. Barmoq izi skaneri ishlamay qoladi;
  4. Kamera ilovasi «qotib» qoladi;
  5. Umumiy samaradorlik pasaygan;
  6. Foydalanuvchi interfeysida xatoliklar bor.

Aftidan, kompaniya Xiaomi Mi A3 uchun proshivkani endi puxta ishlab, keyin chiqarsa kerak. Eslatib o‘tamiz, internetda Xiaomi va Redmi smartfonlarining rasmiy proshivkalari «xazinasi» ham bor.

O‘QING: Birinchilar qatorida MIUI 12’ga yangilanuvchi Xiaomi va Redmi smartfonlari ro‘yxati

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!