Xiaomi’ning eng qudratli flagmani arzonlashdi

  •   DiMaX
  •  3694
  •  19.12.2019 12:52

Xiaomi’ning eng qudratli flagmani arzonlashdi

«Xitoycha Apple» yaqinda Redmi K30 rusumli 5G-flagman hamda uning 4G-versiyasini namoyish etgan edi. 12 dekabrdan Redmi K30 4G sotila boshladi, flagmanning 5G-versiyasi esa hali yanvardan bozorga chiqadi.

O‘QING: Redmi K30’ning taqdimotda aytilmagan siri fosh bo‘ldi! (+«jonli» video)

Ayni damda esa Xiaomi korporatsiyasining eng baquvvat smartfoni Redmi K20 Pro Premium bo‘lib turibdi. Sentyabrda taqdim etilib, ommabop AnTuTu benchmarkida kuchini ham ko‘rsatgan ushbu flagman Snapdragon 855 Plus protsessori bazasiga qurilgan.

Xiaomi ushbu smartfonning 8/512 gigabaytlik tezkor/ichki xotirali versiyasini rasman arzonlashtirdi. Redmi K30 Pro Premium ushbu versiyada Xitoyda avval 425 dollardan sotilayotgan bo‘lsa, uning narxini endi taxminan 342 dollargacha pasaytirishgan. Aytish kerakki, uning 12/512 gigabaytlik tezkor/doimiy xotirali versiyasi ham bor.

Yangi smartfonlarning bozorga chiqarilishi oldidan avvalgi modellarning arzonlashtirilishi an’anasi aksariyat ishlab chiqaruvchilarda mavjud. Shu Xiaomi’ning o‘zi Redmi K30 taqdimoti oldidan naq beshta gadjetining narxlarini pasaytirgan edi.

O‘QING: Eng ommabop Redmi smartfoni «g‘ishtga aylanib» qolyapti, Xiaomi esa jim!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.