Xitoyning bu «o‘lmas» smartfoni iPhone 12 va Xiaomi Mi 10 Ultra’ni mag‘lub etdi! («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  1482
  •  20.02.2021 14:10

Xitoyning bu «o‘lmas» smartfoni iPhone 12 va Xiaomi Mi 10 Ultra’ni mag‘lub etdi! («jonli» video)

Ulefone kompaniyasi yaqinda Armor 11 5G rusumli telefonini taqdim qilgan edi. Biz pentakamera va «tungi nigoh»li, «o‘ldirib bo‘lmas» ushbu ilk 5G-smartfon videosini ham chiqarganmiz.

O‘QING: 5000 mAs batareyali va suvdan himoyali smartfon – atigi 100 dollardan!

Eslatib o‘tamiz, Ulefone Armor 11 5G bosh kamerasi beshta datchikni o‘z ichiga olgan bo‘lib, uning jamlanmasiga asosiy sifatida 48 megapiksellik Sony IMX582 sensori hamda «tungi nigoh» uchun 20 megapiksellik modul ham kiritilgan. Smartfonda selfi uchun 16 megapiksellik old kamera qo‘llangan.

Ishlab chiqaruvchi endi uning pentakamerasida tungi s’yomka imkoniyatlarini iPhone 12 hamda Xiaomi Mi 10 Ultra flagmanlariniki bilan taqqoslab ko‘rsatdi:

Guvohi bo‘layotganingizdek, Apple hamda Xiaomi flagmanlari hatto tungi rejimni yoqqanda ham uncha tiniq bo‘lmagan suratlar oladi, rasmga olish jarayoni ham uzoqroq cho‘ziladi.

Ulefone Armor 11 5G’ning tungi ko‘rish kamerasi esa bir lahzadayoq va aniq-tiniq rasmga oladi. Oq-qora rejimda esa u tungi suratlarni umuman aniqlikni yo‘qotmaydi. Shuningdek, tunda videoga va rasmga tushirishda u ikki karralik zumni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Ulefone Armor 11 5G modeli MediaTek Dimensity 800 5G protsessori asosida tayyorlangan bo‘lib, korpusi IP68/IP69K standartlaridagi himoyadan tashqari, AQShning harbiy MIL-STD-810G standarti talablariga ham javob beradi. Qurilmaning narxi hozircha ma’lum qilinmayapti, texnik xususiyatlari bilan esa mana bu xabarimizda batafsil tanishish mumkin.

O‘QING: 200 dollarlik bu «o‘lmas» smartfonni bir oyda ikki martagina quvvatlash kifoya! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!