Yana to‘rtta ommabop Xiaomi smartfoniga global barqaror MIUI 11 kela boshladi!

  •   DiMaX
  •  2613
  •  30.10.2019 17:10

Yana to‘rtta ommabop Xiaomi smartfoniga global barqaror MIUI 11 kela boshladi!

«Xitoycha Apple» yaqinda Xiaomi Mi 8 flagmaniga xitoycha, undan avvalroq esa Redmi K20 va Redmi K20 Pro (sotib olish) smartfonlariga global MIUI 11 proshivkasini tarqatishni boshlagandi. Endi esa Xitoydan tashqarida yangi talqindagi global proshivkagacha yangilanayotgan modellar soni yana to‘rttaga ko‘paydi.

O‘QING: MIUI 11'ning barqaror global proshivkasiga o‘tuvchi smartfonlar ro‘yxati e’lon qilindi

Shunday qilib, global MIUI 11 grafik qobig‘iga asoslangan barqaror proshivkalar quyidagi modellarga tarqatila boshlagan:

  1. Redmi Note 7 (sotib olish)
  2. Redmi Note 7S
  3. Redmi Note 7 Pro (xarid qilish)
  4. Pocophone F1

MIUI 11 proshivkasidagi o‘zgarishlar va yangi imkoniyatlar haqida mana bu maqolamizda ma’lumotlar berganmiz. Xiaomi kompaniyasining aksariyat smartfonlarini 610 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan sotib olish mumkin.

O‘QING: 1 noyabrgacha smartfon olishga ulguring, keyin IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish pulli bo‘lib, narxlar ham oshadi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!