Yangi qonun maxsus idoraga internet yozishmalarni ruxsatnomasiz o‘qish huquqini berishi mumkin

Yangi qonun maxsus idoraga internet yozishmalarni ruxsatnomasiz o‘qish huquqini berishi mumkin

“Digital Trends”ning xabar berishicha, Federal qidiruv byurosi (FQB) 2017 yilda qabul qilinishi kutilayotgan “Razvedka vakolatlari to‘g‘risida”gi Qonun (“The Intelligence Authorization Act”) maxsus idoralarga Internet tarmog‘i foydalanuvchilarining elektron yozishmalarini ruxsatsiz o‘qish vakolatini berishidan umid qilmoqda.

Razvedka qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan ushbu taklif Senat tomonidan ko‘rib chiqiladi. “Terrorizm xavfi hamon yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Shuning uchun mamlakatimiz va xorijda uyushtiriladigan hujumlar oldini olish uchun maxsus xizmatlarga barcha resurslarni taqdim etishimiz kerak”, deya bayonot berdi Senatning Razvedka qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Dayan Faynshteyn.

Ma’lumot uchun aytib o‘tamiz, bugungi kunda Amerika Qo‘shma Shtatlarida internet tarmog‘i foydalanuvchilari soni 283.7 million nafarni tashkil etadi. 2016 yil oxiriga kelib ularning soni 287 millionga yaqinlashishi kutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!