Yangi Redmi Note 5 Pro'dagi texnologiya Galaxy S9'da ham yo‘q!

Yangi Redmi Note 5 Pro'dagi texnologiya Galaxy S9'da ham yo‘q!

Xitoyning Xiaomi korporatsiyasi muxlislarni xursand qilishdan bir zumga bo‘lsa ham tinim olayotgani yo‘q. Navbatdagi yangilik kompaniyaning Redmi Note 5 Pro haqidagi smartfoniga oid. Unga ko‘ra xitoylik ishlab chiqaruvchi 2018 yilning 16 martida mazkur modelning yangi versiyasini taqdim qiladi. Oradan bir necha kun o‘tib bu model sotuvga ham chiqariladi.

Kuni kecha Xiaomi korporatsiyasining Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy akkauntida Xiaomi Redmi Note 5 Pro smartfoniga oid tizer-surati e’lon qilindi. Unda aks etishicha, Xiaomi Redmi Note 5 Pro telefon apparati Netcom 5.0. texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Natijada bu model bir vaqtning o‘zida har ikkala sim kartasi orqali LTE 4G aloqa tarmog‘iga ulana oladi.



Aytish joizki, ayni paytda bozorda mavjud 99,9% 2 ta sim kartalik mobil aloqa vositalari bir vaqtda faqat bitta sim kartasi orqali to‘rtinchi avlod aloqa tarmog‘iga ulana oladi. Misol uchun, bitta sim karta 4G tarmog‘iga ulansa, boshqasi albatta 2G yoki 3G tarmog‘iga ulanishi zarur bo‘ladi.

Xiaomi Redmi Note 5 Pro esa bu qoidani inkor qiladi va foydalanuvchiga bir vaqtning o‘zida 2 ta sim karta orqali yuqori sifatli aloqa xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Aytish joizki, bunday imkoniyat hattoki yaqinda hammani lol qoldirga Samsung Galaxy S9 flagmanida ham yo‘q. Boshqa smartfonlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi.

Netcom 5.0 texnologiyasi evaziga Xiaomi Redmi Note 5 Pro foydalanuvchisi smartfondagi 2 ta sim kartadan bir vaqtning o‘zida nafaqat to‘rtinchi avlod, balki 3G tarmog‘ida ham foydalanishi mumkin. Gap hamyonbop smartfon haqida ketayotganini hisobga olsak, bu - maqtovga sazovor jihat.

Xiaomi Redmi Note 5 Pro 16 mart kuni, ya’ni Samsung Galaxy S9 hamda Galaxy S9+ smartfonlari jahon bozoriga savdoga chiqariladigan kunda taqdim qilinadi.

Xiaomi Redmi Note 5 Pro'ning o‘ziga xosliklari:

Ekran: 5.99 dyuymli, FHD+ sig‘imli (2160 x 1440 pikselli), IPS matritsali, 2.5D shaklidagi bezak hamda Gorilla Glass himoya shishasi bilan qoplangan. Har bir dyuymdagi piksellar soni -- 403 (ppi) ta!!!

Protsessor: 1.8 Ggs, 64 bitli va 8 yadroli Snapdragon 636; 
Video karta: Adreno 509;
Tezkor xotira: 4 Gb / 6 Gb;
Doimiy xotira: 64 gigabayt va micro SD orqali 128 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin;
Bosh kamera: 12 Mp (f/2.2) Sony IMX48 + 5 Mp (f/2.0), LED fotochaqnoq;
Selfi kamera: 20 megapikselli (f/2.2) Sony IMX376 sensori, ilg‘or LED fotochqanoq;
Operatsion tizim: Android 7.1.2 Nougat'ning MIUI 9 proshivkasi;
Aloqa: WiFi, 3G, LTE w/ VoLTE, Bluetooth 4.2, OTG, GPS, A-GPS, GLONASS, qo‘sh SIM karta (gibrid);
Boshqa jihatlari: barmoq izi skaneri, infra qizil nur;
Korpus ranglari: qora, tilla, pushti tilla, ko‘k;
O‘lchamlari: 158.6 x 75.45 x 8.05 mm;
Vazni: 181 gramm;
Narxi: 218 AQSh dollaridan (4+64 Gb) boshlab, 265 AQSh dollarigacha (6/64 GB).

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!