Yaponiya 2035 yilgacha Oyda zavod qurmoqchi!

  •   DiMaX
  •  507
  •  28.09.2020 16:12

Yaponiya 2035 yilgacha Oyda zavod qurmoqchi!

Turli rivojlangan mamlakatlar fazoni zabt etish borasida jiddiy ishlarni boshlagan. Yaponiya esa Oyda yonilg‘i zavodi qurishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi Kyodo agentligi.

O‘QING: Xitoyliklarning Oydagi dehqonchiligi kasod bo‘ldi – hammasi muzlab qoldi!

Yapon mutaxassislari zavoddan Yerning tabiiy yo‘ldoshini o‘zlashtirish uchun foydalanadi. Aniqlik kiritilishicha, zavod Oyning janubiy qutbida qurilishi mumkin, u yerda muz konlari topilgan.

Ta’kidlanishicha, ishlab chiqarilgan suv kislorod va vodorodga bo‘linib, so‘ng yoqilg‘iga aylantiriladi, bu esa Oyda minglab kilometrgacha masofani bosib o‘tishga imkon beradi.

Yaponiya zavod qurilishi 2035 yilga qadar tugashini kutmoqda.

O‘QING: VIDEO: Yer uzra uchayotgan NUJlarni kosmonavt tasvirga tushirib oldi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.