YouTube’dagi eng ko‘p «dislayk» olgan videolar TOP-o‘ntaligi

  •   DiMaX
  •  3474
  •  08.10.2019 16:50

YouTube’dagi eng ko‘p «dislayk» olgan videolar TOP-o‘ntaligi

Ommabop videoxosting bo‘lgan YouTube tarmog‘ida roliklarni izohlash, ularga «layk» yoki «dislayk» qo‘yish imkoniyatlari ham bor. Mazkur servis bu imkoniyatlari bilan ijtimoiy tarmoq vazifasini ham bajaradi.

O‘QING: YouTube’da atigi bir oyda 1,6 million obunachi to‘plagan qiz barcha videolarini shu smartfonda olyapti!

Bugun YouTube’dagi ko‘pchilikka yoqmagan – eng ko‘p «dislayk»langan videolavhalarni e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

10-O‘RIN. Timati hamda GUF ijrosidagi «Moskva» klipi

Bu lavha YouTube’ga joylanganidan ikki kun o‘tiboq uning ko‘pchilikka yoqmayotgani haqida yozgandik. Oxir-oqibatda, ko‘rganlarning naq 94,26% qismi unga «yoqmadi» belgisini bosgach, naq 1,48 millionta «dizlayk» to‘plagan klip Timati kanalidan o‘chirib yuborildi. Biroq boshqa kanallar uni qaytadan e’lon qilishmoqda, istasangiz quyida tomosha qiling:

9-O‘RIN: Masha i Medved. «Masha plyus kasha» (17-seriya)

O‘zbek tiliga «Qizaloq va Maymoq» deya o‘girilgan ushbu multserialning 17-qismi jami 3,54 million kishiga yoqmagan, «dislayk»larning umumiy ko‘rishlar soniga nisbati esa 0,09 foizga teng.

Mazkur rolikka YouTube’da yozilgan eng ommabop izoh esa quyidagicha: «Men hamisha, ruslar va ayiqlar birga yashaydi, deya o‘ylardim».

O‘QING: YouTube pedofillar uyasiga aylandi!

8-O‘RIN: Rebecca Black. «Friday»

Rebekka ushbu qo‘shig‘ida o‘zi juma kunini qanday o‘tkazgani haqida yoqimsiz ovoz bilan kuylagan. Natijada uni tomosha qilganlarning 2,57 foizi, ya’ni 3,57 million kishi «dislayk»lagan.

7-O‘RIN: Pinkfong! Kids’ Songs & Stories. «Baby Shark Dance»

Ushbu videolavhaga «dislayk» bosganlar soni 4 milliondan oshiq, ammo bu ko‘rsatkich umumiy ko‘rishlarning atigi 0,1 foiziga teng.

O‘QING: Allamjonov: Facebook va Youtube'ni bloklaganlar qamoqda

6-O‘RIN: Official Call of Duty®. «Infinite Warfare Reveal Trailer»

Ommabop o‘yinning rasmiy YouTube-kanalida e’lon qilingan mazkur treyler ko‘rganlarning 8,8 foiziga, ya’ni 3,8 million kishiga yoqmbdi. Unga yozilgan qiziqarli izohlardan biri: «Bu yerga 2019 yilda nechta «dislayk» bo‘lib qolganini ko‘rish uchungina kirganlar bormi?»

5-O‘RIN: Luis Fonsi featuring Daddy Yankee. «Despacito»

Bir zamonlar YouTube’dagi eng ommabop bo‘lgan ushbu klipning Vevo kanali akkauntidagi rasmiy videosini xakerlar o‘chirib yuborishgan edi. Lekin qo‘shiq ijrochisi – Luis Fonsi kanalida ham uni 6 milliard martadan oshiq tomosha qilishgan! Ularning 0,06 foiziya’ni 4,2 million kishi unga «dislayk» belgisini qo‘ygan.

O‘QING: YouTube’dagi eng ommabop videolarning 13 yillik tarixini 4 daqiqalik bitta videoda ko‘ramiz!

4-O‘RIN: PewDiePie. «Can this video get 1 million dislikes?»

Nomidan ham tushunib yetgan bo‘lsangiz kerak – bu yerda blogerning o‘zi mazkur videoga «dislayk» bosishimizni so‘ragan. Lavhani ko‘rganlarning 23,5 foizi uning iltimosini yerda qoldirishmagan – 4,3 millionta «dislayk»!

3-O‘RIN: Jyeyk Pol feat. Team 10. «It’s everyday bro»

Bu rolikni ko‘rganlarning 1,74 foiziga u yoqmagan va natijada lavha 4,4 millionta «dislayk» to‘plagan.

O‘QING: YouTube haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar!

2-O‘RIN: Jastin Biber. «Baby»

Garchi bu klipni ko‘rganlarning atigi 0,46 foizi unga salbiy munosabat bildirgan bo‘lsa-da, shuning o‘ziyam kam emas – naq 10 millionta «dislayk»!

1-O‘RIN: YouTube Rewind 2018: Vse kontroliruyut peremotku

Buni qarangki, foydalanuvchilarga eng yoqmagan videolavha ayni shu videoxostingning o‘z rasmiy kanalida e’lon qilingan rolik bo‘lib chiqyapti! Biz u haqda hali e’lon qilinganidan bir hafta o‘tiboq yozgan edik.

Hozirgacha mazkur lavhani ko‘rganlarning 8,8 foizi, ya’ni 16 million nafar foydalanuvchi YouTube’ning o‘z videosini «dislayk»lagan.

O‘QING: RASMAN: O‘zbekistonda ekstremistik va terroristik profil, kanal va sahifalar ro‘yxati e’lon qilindi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.