Qualcomm’ning «ishtahasi ochildi» – u endi iPhone XS, XS Max va iPhone XR savdosini ham to‘xtatmoqchi!

Qualcomm suddagi yutug‘idan ruhlanib ketganmi, Xitoy sudlariga yana murojaat etdi. U mazkur mamlakatda kupertinolik korporatsiyaning bu yilgi ayfonlarining savdosi ham to‘xtatilishini talab etmoqda.

DxOMark yakka kamerali smartfonlarning yangi «qirol»ini aniqladi

Yakka kameralilar «qirol»i Google Pixel 2’ni «taxtdan ag‘dargan» bu smartfon bahosi 101 ballga teng bo‘lib, bu hatto «qo‘shko‘z» Samsung Galaxy S9+ Plus va Xiaomi Mi 8 ko‘rsatkichlaridan (99 ball) ham yuqori!

Yangi iPhone’lar internet tezligida eski modellarga, hatto bulturgi Android-smartfonga ham yengildi! («jonli» rasmlar)

Ma’lumotlarni yuklash tezligi bo‘yicha ular nafaqat eski rusumlardagi iPhone’lardan, balki hatto Samsung’ning bulturgi flagmanidan ham ortda qolgan!

iPhone XR arzonlashadi, iPhone X yana ishlab chiqariladi!

iPhone XS modellari chiqqach, iPhone X superflagmani ishlab chiqarishdan olib tashlangan edi. Biroq bu yilgi ayfonlarning savdosi yaxshi ketmayotgani bois, Apple o‘z rejalarini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.

VIDEO: 549 dollarlik OnePlus 6T tezkorroqmi yoki 749 dollarlik iPhone XR?

OnePlus flagmanlari eng tezkor, shu bilan birga narxi ham baland bo‘lmagan Android-smartfonlardan sanaladi. Xo‘sh, samaradorlik borasida u yaqinda taqdim qilingan iPhone XR bilan bellasha oladimi?

KUTILMAGAN VIDEO: 2018 yilgi eng arzon iPhone eng qimmat va qudratli Samsung flagmanini «yer tishlatdi»!

Tekshirilgan ayfon Apple A12 Bionic protsessori, 3 GB tezkor xotira va iOS 12.0.1 tizimiga ega. Raqibi esa Snapdragon 845 chipi va 8 GB tezkor xotirali bo‘lib, Android 8.1 Oreo boshqaruvi ostida ishlaydi.

EKSKLYuZIV VIDEO: mustahkamligini sinash uchun yap-yangi iPhone XR’ni tirnab, yondirib va bukib ko‘rishdi!

Ushbu ayfonning yagona zaif tomoni – asosiy kamerasining shishasi bo‘lib chiqdi. Unga Apple aytganidek sapfir emas, balki korpusning old va orqa panellaridagi singari oddiy himoya shishasi qoplangan ekan.

Mish-mishlarga o‘rin qolmasin: iPhone nomi bilan bog‘liq yangi ma’lumotlar oshkor bo‘ldi

Apple’ning marketing bo‘yicha katta vitse-prezidenti Fil Shiller Engadget nashriga intervyu berib, iPhone XR nomi haqida ayrim ma’lumotlarni oshkor qildi

iPhone XR smartfoni uchun shaffof g‘ilof yaratildi

Apple yangi iPhone XS flagmani bilan birga anchayin kamtarona model hisoblangan iPhone XR smaptfonini ham namoyish qildi

Yangi iPhone XR: korpuslar uchun chiroyli va turli rangdagi oboylar paydo bo‘ldi

12 sentyabrda Apple yangi arzonlashtirilgan flagmani bo‘lmish, iPhone XR smartfonini namoyish etdi. Qurilma turli rangdagi korpusda taqdim etiladigan bo‘ldi

«Hamyonbop» iPhone Xr ham namoyish etildi – Face ID yuz skaneriga ega eng arzon ayfon!

Flagman modellardagi kabi, mazkur ayfonga ham 7 nm.lik tex-jarayon asosidagi 8 yadroli Apple A12 Bionic protsessori o‘rnatilgan. Ekranidagi «o‘yiq»da old kamera va TrueDepth tizimi datchiklari mavjud.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш