Buni qarangki, mazkur reytingning ikkinchi pog‘onasini «xitoycha Apple»ning hali rasman namoyish etilib ulgurmagan yana bitta – Redmi Note 7 Pro modeli zabt etgan!
«Teshik» ekranli Galaxy A8s savdoga chiqdi – narxi bilan tanishing!
Buyurtmachilarga xaridlarni yetkazib berish 31 dekabrdan boshlanadi. Mazkur smartfon ko‘k, qora va kumushrang korpuslarda taklif etiladi.
Ekran «tirqish»idan «mo‘ralab» turgan old kamera sensori 24 MPlik bo‘lib, Samsung’ning ta’kidlashicha, ekranning yorug‘i kamerada aks etmasligi uchun ular allaqanday maxsus texnologiyaga murojaat etishgan.
Koreyalik va xitoylik gigantlarning Galaxy A8s hamda Huawei Nova 4 modellaridan farqli ravishda, Lenovo Z5S displeyidagi «tirqish» burchakda emas, balki qoq o‘rtada joylashadi.
Nihoyat, Samsung ham ekrani «tirqish»li Galaxy A8s’ni taqdim etyapti – Huawei’ga yo‘l bo‘lsin!
Samsung «otni qamchilab» qoldi – uning Galaxy A8s smartfoni baribir Huawei Nova 4 modelidan avval namoyish etiladigan bo‘ldi! Lekin orada hali yana bir xitoylikning «teshik» ekranli telefoni bor...
Galaxy S10 flagmanlari hali 2019 yilning fevralida taqdim etilib, bahoridagina savdoga chiqariladi. Xitoyliklarning «tirqish»li ekranga ega smartfoni esa allaqachon metropolitenda «qo‘lga tushgan».
«JONLI» SURAT: Galaxy A8s chindan ham «tirqish»li Infinity-O ekranga ega!
Galaxy A8s o‘rta toifadagi Snapdragon 710 protsessori va 6/8 gigabaytlik tezkor xotira, shuningdek, 3300 mA/soatlik akkumulyator hamda uch modulli asosiy kamera bilan ham ta’minlanadi.
Galaxy A8s’ning teshik ekranini ilk bor «jonli» tomosha qilamiz!
Avvalroq Galaxy A8s ekraniga o‘rnatiluvchi himoya oynasining rasmi e’lon qilingan bo‘lsa, endi insayderlar displeyning ham «jonli» suratini tarqatib yuborishdi.
Ushbu texnologiya smartfon displeyi tepasidagi romning yanada ensiz bo‘lishini ta’minlaydi. 2019 yilda bunday yechimni ko‘plab smartfonsozlar o‘z modellariga tatbiq etishlari ham kutilayotir.