Apple keyingi yil bunchalik ko‘p modellarda yangi iPhone’lar chiqarishini hech kim kutmagandi!

  •   DiMaX
  •  1522
  •  11.12.2019 10:18

Apple keyingi yil bunchalik ko‘p modellarda yangi iPhone’lar chiqarishini hech kim kutmagandi!

Kupertinolik gigant keyingi yil tarixdagi eng yirik hamda o‘ta ixcham iPhone’larni chiqarishi ma’lum, ular orasida iPhone SE 2 modeli ham bor. Ming-Chi Kuo esa Apple kelasi yil besh xil yangi ayfon, so‘ng «metall sovun» va iPhone SE 2 Plus ham taqdim etishini aytgan.

O‘QING: Hamma kutayotgan iPhone SE 2 boshqacha nom bilan chiqadi! Tag‘in narxiyam...

Endi esa Rosenblatt tadqiqot kompaniyasi yangi prognozini taqdim etdi: unga ko‘ra, 2020 yili beshta emas, naq yettita modelda yangi ayfon chiqadi! Ulardan birinchisi, kutilganidek, iPhone SE 2 (yoki, ayrim mish-mishlarga ko‘ra, iPhone 9) bo‘lib, birinchi chorakda namoyish etiladi. Ushbu ayfon 5,1 dyuymlik displey, yakka modulli kamera va yangi A13 protsessoriga ega.

Kuzda esa Apple naq oltita versiyada iPhone 12 namoyish etadi va ular quyidagilardir:

iPhone 12 4G – 6,1 dyuymlik LCD- ekranga va qo‘sh kameraga ega;

iPhone 12 Pro 4G – 5,4 dyuymlik OLED- ekranga va qo‘sh kameraga ega;

iPhone 12 Pro 5G – 5,4 dyuymlik OLED-displeyga va qo‘sh kameraga ega;

iPhone 12 Pro Plus 4G – 6,1 dyuymlik OLED-displeyga va uch modulli, Time-of-Flight 3D datchikli bosh kameraga ega;

iPhone 12 Pro Plus 5G – 6,1 dyuymlik OLED-ekranga, uch modulli kameraga va ToF datchikka ega;

iPhone 12 Pro Max 5G – 6,1 dyuymlik OLED-panelga, uch modulli kameraga va ToF datchikka ega.

Aytib o‘tish o‘rinliki, ko‘pchilikdan farqli ravishda, Rosenblatt tahlilchilari iPhone SE 2 muvaffaqiyatiga uncha ishonishmayapti. Ularning fikricha, mazkur ixcham smartfon iPhone 11’dan o‘zib keta olmaydi.

O‘QING: iPhone 11’larning taqdimotda Apple aytmagan beshta kamchiligi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!