Avgustda chiqadigan Galaxy Note 10 sifatli video va suratlarda batafsil ko‘rsatildi

  •   DiMaX
  •  1805
  •  07.06.2019 13:36

Avgustda chiqadigan Galaxy Note 10 sifatli video va suratlarda batafsil ko‘rsatildi

Samsung kompaniyasi tayyorlayotgan Galaxy Note 10 fableti kompaniyaning eng katta smartfoni bo‘lishi, shuningdek, selfi-kamerasi stilusga o‘tkazilishi haqida yozganmiz. Shuningdek, uning ikki versiyada chiqarilishi, shulardan bittasi ixchamroq va arzonroq bo‘lishi ham aytilgan.

O‘QING: Galaxy Note 10 suratlarda: 6,66 dyuymlik ekran, to‘rttalik kamera va tugmachasiz korpus

Endi esa 91mobiles resursi hamda taniqli insayder OnLeaks uning kompyuterda tayyorlangan sifatli render-suratlarini hamda uch o‘lchamli modeli videosini e’lon qilishdi.

OnLeaks nazdida, avgust oyida taqdim etiladigan Galaxy Note 10 planshetofoni, xuddi Galaxy S10 (sotib olish) flagmanlari kabi Infinity-O turidagi ekranga ega. Ya’ni, uning displeyi yuqori qismi o‘rtasida yakka modulli old kamera uchun tirqish bo‘ladi. Biroq unda yanada ilg‘or – Dynamic AMOLED panel qo‘llanadi – u 1440x3040 piksellik HDR10+ formatini qo‘llab-quvvatlaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi fablet displeyi avvalgi avlod – Galaxy Note 9 (xarid qilish) modeli ekranidan kichikroq, ya’ni diagonaliga 6,3 dyuymlik bo‘ladi.

O‘QING: Eng kutilayotgan bestseller – Galaxy M40’ning barcha xususiyatlari e’lon qilindi!

Mana, quyidagi videoda uni o‘zingiz tomosha qiling:

Bundan tashqari, Galaxy Note 10 orqa paneli ham o‘tgan yilgi planshetofondan farq qiladi. Samsung bu gal uch modulli bosh kamerani yuqori chap burchakka o‘rnatgan – mazkur dizayn Huawei P30 Pro (sotib olish) kamerofonini eslatib yuboradi. Fabletning barmoq izi skaneri ekran ostiga joylangan.

Samsung Galaxy Note 10 korpusidan 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishi hamda Bixby tugmachasi olib tashlangan. Fabletning chap qirrasida qurilmani o‘chirib-yoqish hamda ovozini sozlash tugmachalari bor, chapo‘ng qirrasi esa bo‘sh qoldirilgan. Korpusning pastki qirrasida dinamik panjarasi, stilus uyachasi, mikrofon hamda USB Type-C portiga ko‘zimiz tushadi. Smartfonning SIM-karta uyachasi, mikrofon va infraqizil port esa korpusning yuqori qirrasidan o‘rin olgan. Uning o‘lchami 162,6x77,4x7,9 millimetrni tashkil etadi.

O‘QING: Samsung eng antiqa dizaynli smartfonni tayyorlayapti, lekin bu Galaxy Fold yoki Galaxy Note 10 emas!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!