Hamyonbop Samsung smartfoni bu testda Honor, Xiaomi va hatto Apple flagmanlarini yengdi!

  •   DiMaX
  •  2885
  •  06.05.2020 17:56

Hamyonbop Samsung smartfoni bu testda Honor, Xiaomi va hatto Apple flagmanlarini yengdi!

Samsung kompaniyasi o‘tgan yilning dekabrida hamyonbop Galaxy A71 smartfonini taqdim etgan edi. Yaqinda esa uning 5G-versiyasini ham namoyish qilgan, ularning o‘zaro farqi esa faqat protsessoridadir.

O‘QING: iPhone SE 2’dan qo‘rqqan Samsung eng yangi flagmanlarini 50% chegirma bilan sotyapti!

Galaxy A71 bosh kamerasi imkoniyatlarini avvalroq baholagan professional servis – DxOMark laboratoriyasi endi uning selfi-kamerasini tekshirib ko‘rdi. Buni qarangki, u ancha yuqori – jami 83 ballik natija ko‘rsatdi!

Mazkur smartfonning old kamerasi suratga olishda 83 ball, videoga tushirishda esa 82 ball olgan.

O‘QING: Bu hamyonbop smartfon DxOMark testida Samsung’ni sharmanda qildi!

Shu tariqa, DxOMark servisining selfi-kameralar reytingida Samsung Galaxy A71 modeli kutilganidan ancha balandroq o‘rinni egalladi.

Guvohi bo‘layotganingizdek, old kamera reytingida u o‘zidan ancha qimmat bo‘lgan Honor V30 Pro, iPhone XS Max, Galaxy S9+ hamda Xiaomi Mi CC9 Pro Premium Edition kabi nomdor flagmanlardan yuqorida turibdi.

Galaxy A71 selfi-kamerasi tekshiruvlari haqida batafsil ma’lumotni esa DxOMark saytining tegishli sahifasidan (inglizchada) olish mumkin.

O‘QING: Eng qimmat flagman DxOMark reytingida: Samsung bu sharmandalikni ko‘tara olarmikan?!. (+video)