Realme C15 chiqdi – kvadrokamerali va batareyasi 6000 mA/soatlik arzon smartfon!

  •   DiMaX
  •  3344
  •  28.07.2020 14:48

Realme C15 chiqdi – kvadrokamerali va batareyasi 6000 mA/soatlik arzon smartfon!

 Samsung arzon smartfonlar turkumidagi Galaxy M21, Galaxy M30s hamda Galaxy M31 modellarini naq 6000 mA/soatlik akkumulyator bilan jihozlagan. Endi navbatdagi – Galaxy M31s telefoni ham shunday «beli baquvvat» bo‘lyapti.

O‘QING: «Samsung, chetroq suril, Xiaomi, sen nariroqqa o‘t!» – Realme ham «beli baquvvat» arzon smartfon chiqaryapti

Endi esa Oppo kompaniyasiga qarashli Realme subbrendi ham xuddi shunday akkumulyatorga ega smartfonini taqdim etdi. Realme C15 deb nomlangan ushbu qurilmaning 6000 mA/soatlik batareyasi 18 vattlik tezkor quvvatlana oladi, lekin eng yangi turdagi emas, balki microUSB porti orqali.

Yangi devaysning tashqi ko‘rinishi Realme C11 modeliga o‘xshash; u esa o‘tgan oyning oxirida, Xiaomi kompaniyasining Redmi 9C smartfoni raqibi sifatida namoyish qilingan edi. Realme C15 ham xuddi unikidek plastik korpusga, tomchisimon displeyga va kvadrat blokdagi kameraga ega.

Oppo bu smartfoniga IPS-matritsali, o‘lchami diagonaliga 6,5 dyuymlik ekran qo‘ygan. Displey aniqligi HD+ formatida, yuzasiga Corning Gorilla Glass himoya shishasi yotqizilgan.

O‘QING: Smartfonlar endi sinmaydigan bo‘ladi! (+video)

Realme C15 modelida 12 nanometrlik MediaTek Helio G35 protsessori qo‘llangan. Smartfonning tezkor xotirasi 3/4 gigabaytlik bo‘lsa, doimiysi 64/128 gigabayt hajmga ega. Bosh kamera to‘rtta – 13 + 8 + 2 + 2 megapiksellik sensorlarni o‘z ichiga oladi. Unda Super NightScape rejimi, HDR qo‘llab-quvvatlovi bor, 1080p 30fps aniqligida video suratga ola biladi.

Bu gadjet korpusida quloqchin uchun standart 3,5 millimetrlik audiotirqish hamda xotira kartasi sloti, orqa panelida barmoq izi skaneri ham bor. Simsiz interfeyslardan esa Bluetooth 5.0, GPS, Wi-Fi 802.11 b/g/n kabilarni asanab o‘tish mumkin.

Realme C15 smartfoni Android 10 operatsion tizimi ustiga qurilgan Realme UI grafik interfeysi bilan chiqarilgan. Indoneziyada uni 29 avgust kuni, 137 AQSh dollariga teng narxda sotila boshlaydi.

O‘QING: Atigi 130 dollarga batareyasi naq 8000 mA/soatlik, «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon chiqdi! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!