Smartfon egalari yarim yilda qaysi o‘yin va ilovalarga eng ko‘p pul sarflashgan?
Joriy yilning birinchi yarmida smartfon foydalanuvchilar qaysi ilova hamda o‘yinlarga ko‘p pul xarjlashgani ma’lum bo‘ldi. Buni Sensor Tower tahlil kompaniyasi hisoblab chiqib e’lon qildi.
Tekshiruvlarga ko‘ra, 2020 yilning yanvaridan to iyuniga qadar App Store hamda Google Play kataloglarida jami 50,1 milliard dollar sarflangan. Bu esa o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 23,4 foizga ko‘proqdir. «Tishlangan olmali» gadjetlar egalari ko‘proq saxiylik ko‘rsatishgan – yuqoridagi miqdorning 32,8 milliard dollari aynan App Store do‘konidagi o‘yin va ilovalardagi xaridlar va pulli obunalar ortidan kelgan.
Quyidagi skrinshotda birinchi ustun – ilovalarning daromad keltirishi bo‘yicha umumiy reytingini, keyingi ikkitasida esa tegishli platformalar bo‘yicha reytingni ko‘rishingiz mumkin.
Ko‘rib turganingizdek, alohida ilovalar kesimida olib qaraganda, foydalanuvchilarning xarajatlari bo‘yicha Tinder yetakchilik qilmoqda – u 433 million dollar foyda keltirgan. Undan keyingi o‘rinda YouTube ($431 mln) bo‘lsa, kuchli uchlikni TikTok ($421 mln) yakunlagan.
O‘QING: TikTok sizning qaysi ma’lumotlaringizni yig‘ayotganidan xabaringiz bormi o‘zi?
Mobil o‘yinlar bo‘yicha esa PUBG Mobile ($1,3 mlrd), Honor of Kings ($1 mlrd) hamda Monster Strike ($632 mln) eng ko‘p daromad keltirgan.
Darvoqe, musulmonlarning e’tirozlari sababli PUBG Mobile’dan butparastlik animatsiyasi olib tashlanganidan xabaringiz bormidi?