Umuman kutilmagan Redmi Note 9 Pro Max, ilk «jonli» foto va tarixdagi eng kreativ tizer!

  •   DiMaX
  •  5436
  •  07.03.2020 16:59

Umuman kutilmagan Redmi Note 9 Pro Max, ilk «jonli» foto va tarixdagi eng kreativ tizer!

12 mart kuni namoyish etiladigan Redmi Note 9 hamda Note 9 Pro smartfonlarini Xiaomi korporatsiyasi ham «Yirtqich» ekanini aytib maqtayapti. Biroq bulardan ikkinchisi Qualcomm’nikidan boshqa protsessor bilan ham chiqishi mumkin.

O‘QING: Hali chiqmagan ikki hamyonbop – Redmi Note 9 Pro va Realme 6 Pro flagmanlarining ilk jangi!

Lekin kecha – 6 mart kuni taniqli informator Mukul Sharma (Mukul Sharma) o‘zining Twitter-sahifasida aytishicha, o‘sha kuni kompaniya taqdim etadigan smartfonlar nomi Redmi Note 9 Pro hamda Redmi Note 9 Pro Max bo‘ladi. Ya’ni, standart Redmi Note 9 modeli chiqarilmasligi (har holda, o‘sha kuni) mumkin.

Shuningdek, internetda bulardan birining birinchi «jonli» surati ham paydo bo‘ldi:

Orqa qopqog‘idagi yozuvga ko‘ra, uning bosh kamerasi sun’iy intellektga ega va asosiy sensori 64 megapiksellik.

O‘QING: Redmi 9, Redmi Note 9 va Note 9 Pro taqdimoti oldidan Redmi K30 5G arzonlashdi!

Bundan tashqari, Xiaomi vitse-prezidenti va Xiaomi India rahbari Manu Kumar Jeyn (Manu Kumar Jain) ham kecha Twitter’da qiziq bir tizer e’lon qildi. Unda chiroyli shaklga solingan emodzilar yordamida Redmi Note 9 turkumidagi smartfonlarning asosiy texnik xususiyatlari ko‘rsatib berilgan:

Bu yerdagi «tilsim»larni yechadigan bo‘lsak, 32 ta fotoapparatli emodzi smartfonning old kamerasi 32 megapiksellik ekanini, 46 ta batareya belgichasi esa akkumulyatorning tok sig‘imi 4600 mA/soatlik ekanini anglatadi. 18 ta chaqmoq belgichasi – smartfonning 18 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvat olishiga ishora.

9 raqamli 8 ta belgi ko‘paytmasi (8 x 9 = 72) esa smartfonning Qualcomm Snapdragon 720G protsessori bazasida ishlashini bildiradi. Lekin 26 ta tabassumli smaylik nimani anglatishi hozircha noma’lum. Tvitter foydalanuvchilaridan biri uning kamerasi 26 karralik zumga ega bo‘lishini taxmin qilgan. Lekin bizning farazimizga ko‘ra, bu smartfonlarning savdosi 26 martdan boshlanishi ham mumkin.

O‘QING: MIUI 11 proshivkasida Redmi 10X 4G va yana uchta yangi Redmi smartfoni «topildi»!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.