Hali taqdim etilmagan Vivo V15 Pro «jonli» videoda: 48 MPlik uch modulli kamera, korpusdan chiquvchi 32 MPlik old kamera!

  •   DiMaX
  •  1599
  •  07.02.2019 10:45

Hali taqdim etilmagan Vivo V15 Pro «jonli» videoda: 48 MPlik uch modulli kamera, korpusdan chiquvchi 32 MPlik old kamera!

Vivo kompaniyasi ko‘pchilik yetakchi smartfonsozlar eplay olmagan yangicha innovatsiyalarni ham uddalab kelayotir. Jumladan, yaqindagina u birorta ham tugmachasi va tirqishi bo‘lmagan «metall sovun»ga o‘xshash smartfon taqdim etdi va biz uning «jonli» videosini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Vivo Apex 2019 taqdim etildi: Snapdragon 855 chipli, umuman tirqishsiz va tugmachasiz ilk 5G-smartfon!

Endi esa ushbu ishlab chiqaruvchi Vivo V15 Pro rusumli navbatdagi smartfonini ishlab chiqdi. Uning old kamerasi korpusning yuqori qirrasidan chiqadi, ammo avvalgi shu kabi modellardan boshqacharoq tuzilishga ega.

Aytish kerakki, bu flagman emas, balki o‘rta narxli smartfondir – unga yakka kristalli Snapdragon 675 protsessori o‘rnatiladi.

O‘QING: Vivo ham allaqachon 5G-smartfon tayyorlabdi, uni ishlayotgan holatida «jonli» tomosha qiling!

Shunday bo‘lsa-da, Vivo V15 Pro ham uch modulli bosh kamera bilan jihozlangan, tag‘in ulardan biri 48 megapiksellik datchikdir! Qolgan ikkita sensorning aniqligi 13 va 8 megapikselga teng. Kutish rejimida korpus ichiga kirib turuvchi selfi-kamera esa 32 megapiksellik.

Vivo V15 Pro ekrani korpus old yuzasining 90 foizdan oshiqroq yuzasini egallashi aytilmoqda. Barmoq izi skaneri ham displeyning o‘ziga tatbiq etiladi.

Mazkur kompaniya raqobatdan cho‘chimay, Vivo V15 Pro smartfonini aynan Samsung o‘z flagmanlari namoyish etayotgan 20 fevral sanasida taqdim qilmoqchi.

O‘QING: Galaxy S10e – eng arzon Samsung flagmanini ilk bor ishlayotgan holda «jonli» tomosha qiling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!