Huawei, Xiaomi va Oppo flagmanlarini yenggan Meizu 17 namoyish kuni va ilk rasmiy surati e’lon qilindi

  •   DiMaX
  •  859
  •  23.04.2020 14:04

Huawei, Xiaomi va Oppo flagmanlarini yenggan Meizu 17 namoyish kuni va ilk rasmiy surati e’lon qilindi

Meizu kompaniyasi yangi flagmanlar oilasini 22 aprelda taqdim etishi kutilayotgan edi. Ammo koronavirus pandemiyasi tufayli uning namoyishi kechiktirilib, 8 may sanasiga ko‘chirildi.

O‘QING: Meizu 17 taqdimotdan avval AnTuTu’da: lider emas, lekin TOP-o‘ntalikda!

Yangi turkumga standart Meizu 17 (yoki Meizu 17th) hamda Meizu 17 Plus (yoki Meizu 17th Plus) modellari kiradi. Bularning birinchisi yaqinda o‘tkazilgan testda Xiaomi Mi 10, Huawei P40 Pro hamda Oppo Find X2 Pro flagmanlarini ortda qoldirgan edi.

Meizu kompaniyasi chiqargan navbatdagi tizer esa Meizu 17 smartfonini old va orqa tomonidan aks ettirgan:

Ko‘rib turganingizdek, uning old kamerasi ekranning yuqori o‘ng burchagidagi tirqishga joylangan; daktiloskopik skaner ham displeyning o‘ziga integratsiya qilingan. Asosiy kamera esa ko‘p modulli gorizontal blokka joylangan. Mish-mishlarga ko‘ra, unda 65, 8, 5 va 2 megapiksellik sensorlar qo‘llangan.

Darvoqe, bu flagmanning «og‘a»si – Meizu 17 Plus boshqa bir jihatdan eng kuchli rekord o‘rnatganki, bunaqasi hali yetakchi kompaniyalarning tushiga ham kirmagan...

O‘QING: O‘z egalarini rozi qilgan TOP-10 smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil fevral)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.