Meizu 16S flagmanining ham taqdimoti yaqin

  •   DiMaX
  •  558
  •  03.11.2018 15:08

Meizu 16S flagmanining ham taqdimoti yaqin

Xitoylik ushbu smartfonsoz joriy yilning avgustida o‘zining Meizu 16 (yoki Meizu 16th) hamda Meizu 16 Plus flagmanlarini, keyinroq esa uning nisbatan arzon varianti – Meizu 16X modelini taqdim etgandi. Kompaniyaning navbatdagi smartfoni esa Meizu 17 bo‘lmasligi haqida ham yozganmiz.

O‘QING: 2019 yilda Meizu 17 chiqmaydi, o‘rniga...

Xullasi kalom, kompaniya o‘zining navbatdagi – Meizu 16S smartfoni ustida qizg‘in ishlamoqda. Yangi model haqida Meizu bosh direktori Jek Vong (Jack Wong) ayrim tafsilotlarni oshkor etgan.

Bosh direktorning aytishicha, Meizu 16S tashqi ko‘rinishi Meizu 16th modeliga o‘xshasa-da, xususiyatlari ancha ustun. Uning ekrani atrofidagi romlari yanada ensiz bo‘ladi. Asosiy kamerasi esa qo‘shaloq holida, orqa qopqoqning o‘rtasida tikka joylashganicha qoladi. Lazerli avtofokus va halqasimon fotochaqnoq ham «ajdod»idagi singari bo‘lishi aytilgan.

O‘QING: Meizu yoki Xiaomi: qaysi biri zo‘r?

Meizu 16S modelining «elektron yuragi» sifatida Qualcomm’ning hozircha rasman taqdim etilmagan Snapdragon 8150 protsessori qo‘llanishi kutilmoqda. Xotira hajmi esa avvalgilaridek: 6+64 GB, 6+128 GB va 8+256 gigabaytlik variantlarda chiqadi. Meizu 16S smartfonida nihoyat NFC moduli, shisha qopqoq va simsiz quvvatlash imkoni bo‘ladi.

Kompaniya rahbariga ko‘ra, ushbu flagmannni 2019 yilning birinchi choragida ko‘rsatishadi. Uning narxi esa 420 dollar atrofida bo‘lishi kutilayotir.

Xabaringiz borki, Meizu kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga ham rasman kirib kelgan va bu yerda sotilgan mahsulotlariga rasmiy kafolat doirasida servis xizmatlari ham ko‘rsatiladi. Jumladan, uning bir necha rusumlardagi smartfonlarini mana bu havola orqali Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn buyurtma asosida sotib olishingiz ham mumkin.

O‘QING: Meizu Note 8 namoyish qilindi: Xiaomi Mi A2 Lite’ga raqobatchi bo‘lmoqchi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!