Mi MIX 2S dunyodagi eng qudratli smartfonlardan biri bo‘lishini Xiaomi tasdiqladi (+video)

  •   DiMaX
  •  3381
  •  02.03.2018 18:36

Mi MIX 2S dunyodagi eng qudratli smartfonlardan biri bo‘lishini Xiaomi tasdiqladi (+video)

Samsung, Sony, HTC va Google kabi yetakchi kompaniyalar o‘z mobil qurilmalarining kengaytirilgan funksional imkoniyatlariga ko‘proq e’tibor berishsa, Xitoy brendlari o‘z foydalanuvchilariga yuqori samaradorlikni taqdim etishni xush ko‘rishadi. Buni benchmarklardagi testlar natijalaridan, YouTube’ga joylanayotgan, jonli taqqoslash aks etgan videolavhalardan ham ko‘rish mumkin.

O‘QING: AuTuTu’da yangi rekord: dunyodagi eng qudratli smartfon endi iPhone X emas!

Xiaomi’ning shu kunlarda tayyorlayotgan Mi Mix 2S smartfoni esa shu ikki xil yondashuvning o‘rtasidagi bir qurilma bo‘lishi kutilmoqda. Zero, «xitoycha Apple» unga joriy yilning eng ilg‘or protsessorini, shuningdek, MIUI proshivkasining bir qator dasturiy afzalliklarini joriy etayotir. Telefonning mutlaqo romsiz displeyiga barmoq izi skaneri integratsiya qilingani ham yana bir yutuqdir.

Bugun – 2018 yilning 2 martida, Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi Xiaomi rasmiy akkaunti Mi MIX 2S anonsi haqida ma’lumot beruvchi tizer videoroligini e’lon qildi. Bungacha korporatsiya uning faqat taqdimot sanasinigina ma’lum qilgan edi.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 2S taqdimot kuni rasman aytildi

Mana, tizerni birgalikda tomosha qilamiz:

Ko‘rb turganingizdek, Xiaomi ushbu tizerida Mi MIX 2S xususiyatlarini juda original usulda ma’lum qilgan. Xususan, mazkur gadjet Qualcomm’ning eng ilg‘or Snapdragon 845 protsessoriga tayanadi. Hozirda dunyodagi eng qudratlisi bo‘lgan ushbu mobil chip 2,8 GGs takt chastotasida ishlovchi sakkizta yadroni o‘zida birlashtirgan.

Modomiki Snapdragon 845 protsessorida ishlar ekan, Xiaomi Mi MIX 2S smartfoni Adreno 630 grafik tezlatgichiga hamda 1,2 Gbit/soniya tezligida ma’lumot almashuvchi Snapdragon X20 LTE mobil modemiga ham ega bo‘ladi.

O‘QING: Nihoyat, Xiaomi Mi MIX 2S ilk «jonli» suratda: mutlaqo romsiz displeyda barmoq izi skaneri!

Ishlab chiqaruvchi mazkur videorolikda Mi MIX 2S’ning boshqa jihatlariga va narxiga aniqlik kiritmagan. Faqat uning namoyish kunini yana bir bor tasdiqlab o‘tgan – 2018 yilning 27 mart sanasi. Taqdimot marosimi Xitoyda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Bir qator manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Mi MIX 2S bir nechta modifikatsiyada taqdim etiladi, ulardan eng zo‘ri 8 GB tezkor va 256 GB ichki flesh-xotiraga ega bo‘ladi. Smartfon narxi 700 AQSh dollaridan oshiq bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Xiaomi Mi MIX 2S gadjetiga nisbat berilayotgan texnik xususiyatlar, uning suratlari haqida avvalgi maqola va xabarlarimizdan batafsil ma’lumot olishingiz, shuningdek, videosini tomosha qilishingiz mumkin.

O‘QING: Xiaomi tayyorlayotgan – skanerli displeyga ega, 256 GB xotirali smartfonni tomosha qilamiz!