PlayStation 5’ga tayyorlanayotgan oltmishdan oshiq o‘yin va chiqish vaqtlari uchta ro‘yxatda!

  •   DiMaX
  •  757
  •  18.06.2020 10:23

PlayStation 5’ga tayyorlanayotgan oltmishdan oshiq o‘yin va chiqish vaqtlari uchta ro‘yxatda!

Sony kompaniyasi 12 iyunga o‘tar tunda PlayStation 5 o‘yin konsolini va uning PlayStation 5 Digital Edition variantini ham taqdim etdi. namoyish etildi. Biz ushbu pristavkaga chiqadigan 26 ta o‘yin ro‘yxatini va ulardan aksariyatining treylerlarini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Afsonaviy va qadrdon Counter-Strike’ni endi brauzerning o‘zidanoq o‘ynay olasiz!

Ma’lum bo‘lishicha, PlayStation 5 konsoli uchun tayyorlanayotgan o‘yinlar ro‘yxati bu bilan cheklanmas ekan. IGN sayti e’lon qilgan ro‘yxatda ularning soni oltmishtadan ham oshiq!

Ularning naq o‘ntasi faqat PlayStation 5 uchun eksklyuziv o‘yinlar bo‘lib, boshqa pristavkalarga va kompyuterlarga umuman chiqmaydi. Ikkitasi esa vaqtinchalik eksklyuziv hisoblanadi, ya’ni dastlab Sony’ning beshinchi avlod konsoli uchun taqdim etilib, ma’lum muddatdan so‘ng boshqa platformalar uchun ham chiqariladi. Uchinchi guruhdagilar esa PS 5 uchun ham, boshqa o‘yin konsollari yoki kompyuterlarga ham taqdim qilinadi.

Mana, ularning ro‘yxati hamda ayrimlarining PlayStation 5 uchun chiqarilish vaqtlri bilan tanishamiz:

Eksklyuziv o‘yinlar:

  1. Astro's Playroom (SIE Japan Studios)
  2. Demon's Souls (Bluepoint and Japan Studio)
  3. Destruction AllStars (Lucid)
  4. Gran Turismo 7 (Polyphony Digital)
  5. Horizon 2 Forbidden West (Guerrilla Games)
  6. Project Athia (Square Enix / Luminous Production) – 2023 yilda
  7. Ratchet and Clank: Rift Apart (Insomniac Games)
  8. Returnal (Housemarque)
  9. Sackboy: A Big Adventure (Sumo Digital)
  10. Spider-Man: Miles Morales (Insomniac Games) – 2020 yil oxirida

Vaqtinchalik eksklyuzivlar:

  1. Death Loop (Bethesda Softworks / Arkane Studios)
  2. Ghostwire Tokyo (Tango Gameworks) – 2021 yilda

O‘QING: Eng serdaromad mobil o‘yinlar: bittasining o‘zi bir oydayoq 226 million dollardan oshiq foyda keltirdi!

Qolgan o‘yinlar:

  1. Assassin's Creed Valhalla (Ubisoft) – 2020 yil oxirida
  2. Battlefield 6 (EA) – 2021 yilda
  3. Bugsnax (Young Horses) – 2020 yil oxirida
  4. Chivalry 2 (Torn Banner Studios) – 2020 yilda
  5. Chorus (Deep Silver) – 2021 yilda
  6. Control (Remedy)
  7. Cygni: All Guns Blazing (Keel Works)
  8. Destiny 2 (Bungie)
  9. DiRT 5 (Codemasters) – 2020 yil oktyabrda
  10. Dying Light 2 (Techland)
  11. Fortnite (Epic Games) – taqdim etilishi bilan
  12. Godfall (Gearbox) – 2020 yil dekabrda
  13. Gods and Monsters (Ubisoft) – 2020 yil oxirida
  14. Goodbye Volcano High (Ko_oP) – 2021 yilda
  15. Gothic Remake (THQ Nordic)
  16. GTA 5 (Rockstar Games) – 2021 yilda
  17. Hitman III (IO Interactive) – 2021 yil yanvarda
  18. Jett: The Far Shore (Superbrothers) – 2020 yil oxirida
  19. Kena: Bridge of Spirits (Ember Lab)
  20. Little Devil Inside (Neostream Interactive)
  21. Madden NFL 21 (EA) – 2020 yilda
  22. MicroMan (Glob Games Studio) – 2021 yilda
  23. Metal Hellsinger (The Outsiders) – 2021 yilda
  24. Moonray (Everything is Full of Gods) – 2021 yilda
  25. NBA 2K21 (Visual Concepts) – 2020 yil kuzda
  26. Nth^0 Infinity Reborn (KITATUS) – 2021 yilda
  27. Observer (System Redux) (Bloober Team) – 2020 yil oxirida
  28. Oddworld Soulstorm (Oddworld Inhabitants) – 2020 yilda
  29. Outriders (Square Enix) 2020 yil oxirida
  30. Pragmata (Capcom) – 2022 yilda
  31. Psyhotel (Ultimate Games)
  32. Quantum Error (Teamkill Media) – 2020 yilda
  33. Rainbow Six Quarantine (Ubisoft) – 2020-2021 yilda
  34. Rainbow Six Siege (Ubisoft) – taqdim etilishi bilan
  35. Redo! Enhanced Edition (Robson Pavia) – 2020 yilda
  36. Resident Evil VIII: Village (Capcom) – 2021 yilda
  37. Scarlet Nexus (Bandai Namco)
  38. Solar Ash (Heart Machine) – 2021 yilda
  39. Soulborn (Pixelmad Studios) – 2021 yilda
  40. Stray (BlueTwelve / Annapurna Interactive) – 2021 yilda
  41. The Lord of the Rings: Gollum (Daedalic Entertainment) – 2021 yilda
  42. The Pathless (Giant Squid)
  43. The Sims 5 (EA)
  44. Tribes of Midgard (Norsfell) – 2021 yilda
  45. Ultimate Fishing Simulator 2 (MasterCode) – 2020 yilda
  46. Vampire: The Masquerade - Bloodlines 2 (Paradox) – 2020 yilda
  47. Warframe (Digital Extremes)
  48. Watch Dogs: Legion (Ubisoft) – 2020 yil oxirida
  49. WRC 9 (Kylotonn) – 2020 yilda

Xo‘sh, bular orasida siz kutayotgan o‘yinlar ham bormikan?

O‘QING: Musulmonlar e’tirozi bois PUBG Mobile’dan butparastlik animatsiyasi olib tashlandi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!