Qaysi Xiaomi’lar birinchilar qatorida MIUI 10’gacha yangilanadi?

  •   DiMaX
  •  2919
  •  07.06.2018 16:41

Qaysi Xiaomi’lar birinchilar qatorida MIUI 10’gacha yangilanadi?

Xiaomi kompaniyasi joriy yilning 31 may kuni o‘tkazgan matbuot anjumanida o‘z smartfon va planshetlari uchun MIUI 10 grafik qobig‘ini namoyish qildi. Ushbu proshivka talqini qurilmalar ishini tezlashtirishdan tashqari, bir qator yangi imkoniyatlarni ham taqdim etadi.

O‘QING: Xiaomi'dan yangi MIUI 10: afzalliklari bisyor

Ammo MIUI 10 talqinini «havo orqali» tarqatish ishlari hali joriy oyning oxirlaridagina boshlanadi. Shunda ham birinchi navbatda xitoylik foydalanuvchilarning gadjetlari bu proshivkani oladi, global talqin esa sal keyinroq chiqishi kutilmoqda.

Xullasi kalom, MIUI 10 ommaviy beta-versiyasi iyunning oxirlarida quyidagi devayslarga keladi:

1.         Mi 8

2.         Mi 6

3.         Mi Mix 2S

4.         Mi 5

5.         Mi Mix 2

6.         Mi Note 2

7.         Mi Mix

8.         Redmi S2

9.         Mi 6X

10.      Redmi Note 5

MIUI 10 ommaviy beta-versiyasini tarqatishning ikkinchi to‘lqini undan taxminan bir oy o‘tib – iyul oyi oxirlarida bo‘ladi. Unda quyidagi gadjetlar ushbu proshivkani qabul qilib olishadi:

1.     Mi Note 3

2.     Redmi 5 Plus

3.     Mi 5X

4.     Redmi 4

5.     Mi 5c

6.     Redmi 4A

7.     Mi 5s

8.     Redmi 4X

9.     Mi 5s Plus

10.  Redmi 3S

11.  Mi 4

12.  Redmi 3X

13.  Mi 4c

14.  Redmi Pro

15.  Mi 4S

16.  Redmi Note 5A

17.  Mi Max 2

18.  Redmi Note 4X

19.  Mi Max

20.  Redmi Note 4 (Qualcomm)

21.  Redmi 5

22.  Redmi Note 4 (MediaTek)

23.  Redmi 5A

24.  Redmi Note 3 (Qualcomm)

Ko‘rib turganingizdek, bu ro‘yxatga Xiaomi keyingi yillarda taqdim etgan barcha modellardagi mobil qurilmalar kirgan. MIUI 10 barqaror proshivkasi chiqadigan paytgacha mazkur ro‘yxat yanada to‘ldirilsa kerak.

Darvoqe, mazkur proshivka bilan taqdim etilayotgan ilk gadjet – taqdimoti 7 iyunga belgilangan Redmi Y2 smartfoni bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: Bugunoq taqdim etiladigan Xiaomi Redmi Y2 narxi va jihatlari bilan tanishing!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!