Redmi o‘ta arzon gadjetini yaxshilab, yana o‘sha narxida chiqardi

  •   DiMaX
  •  1723
  •  15.04.2020 10:58

Redmi o‘ta arzon gadjetini yaxshilab, yana o‘sha narxida chiqardi

Xiaomi kompaniyasining Mi AirDots rusumli butkul simsiz quloqchini juda ommabop. Lekin korporatsiyaning arzonchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi subbrendi uning yanada arzon versiyasi – Redmi AirDots modelini chiqargan.

O‘QING: Xiaomi ommabop devaysini yanada arzon – Lite-versiyada chiqaryapti

Redmi kecha – 14 aprel kuni uni yangilab, Redmi AirDots S modeli sifatida taqdim etdi. Bu ikkinchi avlod emas, balki original quloqchinning yaxshilangan versiyasidir. Uning dizayni, o‘lchami, avtonomlik darajasi singari, narxi ham avvalgidek qolgan – atigi 14 dollar.

Original modeldan farqi – Redmi mutaxassislari bu gal aksessuarning smartfon bilan bog‘lanishini yaxshilashgan. Redmi AirDots ishlatib ko‘rganlar biladi: smartfonga uning birinchi – asosiy pallasi oldin ulanib, keyin ikkinchisi ham bog‘lanadi. Redmi AirDots S modelida esa ularning ikkalovi birdaniga ulanib ishlab ketaveradi. Shuningdek, kompaniyaning ta’kidlashicha, yangi devays ancha tezkor va barqaror ulanadi.

Redmi AirDots S mahalliy bozorga allaqachon chiqarilgan, uning ikkinchi avlodi haqida hozircha gap-so‘z yo‘q.

O‘QING: Razer eng antiqa simsiz quloqchinni chiqardi – bitta smartfon narxida!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!