Sanksiyalar o‘z yo‘liga: Huawei hamyonbop Nova 5i smartfonini taqdim etyapti!

  •   DiMaX
  •  1373
  •  30.05.2019 11:37

Sanksiyalar o‘z yo‘liga: Huawei hamyonbop Nova 5i smartfonini taqdim etyapti!

Keyingi paytlarda AQSh hukumati tomonidan «qora ro‘yxat»ga kiritilgani sababli bir qator yirik kompaniyalar Huawei bilan hamkorlikni to‘xtatishmoqda. Shunga qaramasdan, u o‘z yo‘lida davom etayotir va yana bitta yangi smartfon tayyorladi.

O‘QING: Huawei taslim bo‘lmaydi! Kompaniya rasmiy taqdimot o‘tkazib, eng zo‘r flagmanlarini namoyish etdi!

Xitoylik texnogigant allaqachon ushbu qurilmasini Geekbench servisida tekshirib ham ko‘rdi va shunda uning ayrim xususiyatlari oshkor bo‘ldi. Mazkur benchmarkda GLK-LX3 model raqami ostida tekshiruvdan o‘tgan qurilma, kuzatuvchilar fikricha, Huawei Nova 5i nomi ostida bozorga chiqariladi.

Shunday qilib, Geekbench servisidagi yakka yadroli imtihonda u 1538 ochko olgan bo‘lsa, ko‘p yadroli sinovda 5388 ballik natija ko‘rsatgan. Shunga qaraganda, bu smartfon 12 nanometrlik tex-jarayon asosidagi Kirin 710 protsessoriga ega.

Benchmark ma’lumotlariga ko‘ra, Huawei Nova 5i modeli 4 gigabaytlik tezkor xotiraga hamda Android 9 Pie operatsion tizim talqiniga ham ega. Afsuski, smartfonning boshqa jihatlari va taqdimot vaqti haqida hozircha ma’lumot yo‘q, ammo yuqoridagi xususiyatlar uning hamyonbop bo‘lishiga ishora qilayotir.

O‘QING: Rasmiy ro‘yxat: Android 10’gacha yangilanuvchi Huawei smartfonlari

Aytish kerakki, hozirgacha global bozorga chiqqan ayrim Huawei smartfonlarini 845 000 so‘mdan boshlangan narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin. Bundan tashqari, shu yoki boshqa ishlab chiqaruvchining smartfonini ishlatayotgan bo‘lishingizdan qat’i nazar, biz sizga omadingizni sinab ko‘rishni taklif qilamiz! Ayni damda 2 iyunga qadar sizda Xiaomi kompaniyasining ajoyib fitnes-brasleti – Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud.

Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib, ushbu video ostiga izoh yozib, «Yoqdi» tugmachasiga bossangiz kifoya. G‘olib esa saytimizning Facebook-sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi! Bu haqdagi batafsil ma’lumotni mana bu yerda olishingiz mumkin.

O‘QING: Huawei allaqachon o‘z operatsion tizimini ro‘yxatdan o‘tkazdi: u Hongmeng emas, Ark OS ekan!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!