USB-modem to‘plamlarini Ucell maxsus narxda – atigi 35 ming so‘mdan sotmoqda!

  •   DiMaX
  •  5872
  •  17.01.2018 13:57

USB-modem to‘plamlarini Ucell maxsus narxda – atigi 35 ming so‘mdan sotmoqda!

Noutbuk va kompyuterlardan internetga ulanishda mobil modemlar – USB-modemlar juda qo‘l keladi. O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan uyali aloqa operatorlari o‘z abonentlariga ushbu qurilmalarni o‘z ichiga olgan to‘plamlarni ham taklif etishidan xabaringiz bor.

O‘QING: Ucell o‘z mijozlari uchun Artel Z5 smartfon to‘plamini chiqardi

Ucell uyali aloqa operatori USB-modemlarni o‘z ichiga oluvchi ulanish to‘plamlarining arzonlashtirilgan savdosini boshladi. Bu xususda kompaniyaning rasmiy saytida xabar e’lon qilingan.

Ulanish to‘plamlari ikki xil bo‘lib, ular to‘plamga kiritilgan modemning turi bilan o‘zaro farqlanadi.

«Tested MF190S» to‘plami narxi atigi 35 000 so‘m bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • MF190S rusumli modem;
  • Haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat ko‘rsatish tizimida mavjud bo‘lgan istalgan tarif rejasini o‘z ichiga olgan SIM-karta.

«Tested MF667» to‘plamining qiymati esa 55 000 so‘mga teng va u quyidagilardan iborat:

  • MF667 rusumli modem;
  • Haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat ko‘rsatish tizimida mavjud bo‘lgan istalgan tarif rejasini o‘z ichiga olgan SIM-karta.

O‘QING: Ucell’ning «Internet-sehr» aksiyasi: Samsung smartfonlari va hatto iPhone X yutib olish mumkin!

Xabarga ko‘ra, arzonlashtirilgan to‘plamlardan biriga ulanish Ucell ofislarda va dilerlik nuqtalarida amalga oshiriladi. To‘plamga kiruvchi modemning kafolat muddati xarid qilinganidan boshlab 30 kunni tashkil etadi.

To‘plamlarning boshqa xususiyatlari bilan mazkur uyali aloqa operatorining rasmiy saytidagi tegishli sahifada tanishish mumkin.

O‘QING: Ucell o‘chirilgan raqamni so‘nggi egasiga ulashni yo‘lga qo‘ydi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!