Xiaomi Mi A2 Lite sertifikatsiyadan o‘tdi
Yaqinda TENAA kompaniyasining ekrani qirqmali Xiaomi smartfoni haqida ma’lum qilganini yozgandik. Endi esa yangi qurilma Singapurdagi sertifikatsiyadan o‘tkazish byurosi – IMDA’da (AQShning FCC yoki Tayvandagi NCC’ga o‘xshash) paydo bo‘ldi.
Devays Xiaomi’ning boshqa modellari raqamlariga o‘xshash raqamga ega (faqat oxirgi harf boshqacha), ya’ni M1805D1SC, M1805D1SE i M1805D1ST. IMDA’ning ta’kidlashicha, bu Mi A2 Lite bo‘ladi. Demak, yangi apparat Android One dasturi doirasida chiqadi.
O‘QING: Yangilaridan yaxshi 2 eski smartfon modeli
Apparatga 5.84-dyuymli displey o‘rnatilgan bo‘lib, u Full HD+ formatda va takt chastotasi 2.0 GGs bo‘lgan sakkizyadroli protsessorga ega. Bu xuddi Xiaomi Mi A1’dagidek Snapdragon 625 bo‘lishi mumkin. Shuningdek,qurilma 12 Mp + 5 megapikselga ega qo‘sh kameraga ega bo‘ladi, batareya esa, 3900 mAch, 2/3/4 GB OZU, 16/32/64 GB PZU hamda Android 8.1 Oreo.
Afsuski apparat endi sertifikatsiyadan o‘tdi, ya’ni uning faqat texnik imkoniyatlari ma’lum qilindi, xolos. Narx borasida va taqdimot sanasi haqida hali aytishmayapti.
O‘QING: Yilning yurtimizdagi eng arzon yaxshi smartfonlari (2018 yil, iyun)