Xiaomi smartfonlaridan yana 11 modeliga MIUI 10 proshivkasi chiqdi

  •   DiMaX
  •  4388
  •  08.08.2018 11:10

Xiaomi smartfonlaridan yana 11 modeliga MIUI 10 proshivkasi chiqdi

Joriy yilning 31 may sanasida rasman namoyish etilgan MIUI 10 grafik qobig‘i asta-sekinlik bilan ko‘plab Xiaomi smartfonlariga tarqatib kelinmoqda. Kecha ushbu yangi proshivkaga ega modellar soni roppa-rosa qirqtaga yetdi.

O‘QING: 23 xil Xiaomi smartfonlariga global MIUI 10 beta chiqdi, ro‘yxat bilan tanishing!

Xiaomi kompaniyasi proshivka tarqatilishining uchinchi to‘lqinida yana 11 ta rusumdagi mobil qurilmalari uchun MIUI 10 grafik qobig‘ini taqdim etdi. Aytish kerakki, aslida ular 23 iyulda tarqatilishi rejalashtirilgan edi.

Mayli-da, sal kechikib bo‘lsayam, quyidagi modellardagi smartfonlarga yangi proshivkani o‘rnatish imkoni tug‘ildi:

  • Xiaomi Mi 4 (2 versiyasi)
  • Xiaomi Redmi Note 3
  • Xiaomi Redmi 3S
  • Xiaomi Redmi 3X
  • Xiaomi Redmi Pro
  • Xiaomi Redmi Note 4
  • Xiaomi Redmi Note 4X MTK Edition
  • Xiaomi Redmi 4 (Standard va High Editions)
  • Xiaomi Redmi 4A

Shu tariqa, MIUI 10 proshivkasi Xiaomi’ning jami 40 modeldagi mobil qurilmalariga tarqatildi. Ular orasida 20 xildagi Mi turkumiga, yana shuncha modeldagi Redmi turkumiga oid smartfonlar mavjud. Faqat yangi proshivka «havo orqali» bosqichma-bosqich tarqatilishi sababli, bizning hududdagi qurilmalarga qachon navbat yetib kelishi haqida aniq bir gap aytish qiyin.

DIQQAT: Xiaomi Redmi 6 Pro hamda Mi 6X rusumli smartfonlarni MIUI 10 proshivkasiga yangilagach, eski proshivkalarga qaytish imkoni bo‘lmaydi

O‘QING: MIUI 10 proshivkasida Xiaomi’ning yangi smartfoni eskizlari topildi! (+«jonli» surat)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.