Yana uchta Xiaomi smartfoni barqaror global MIUI 10’gacha yangilanmoqda!

  •   DiMaX
  •  1264
  •  29.11.2018 11:24

Yana uchta Xiaomi smartfoni barqaror global MIUI 10’gacha yangilanmoqda!

«Xitoycha Apple» o‘zining ko‘plab rusumlardagi mobil qurilmalari uchun yakuniy MIUI 10 grafik qobig‘iga asoslangan global proshivkalarni taqdim etib kelayotir. Afsuski, uning ayrim eskirgan modellardagi smartfonlari endi yangilanishdan mosuvo qolayotgani ham haqiqat.

O‘QING: Xiaomi yana ikkita modeliga MIUI 10 tarqatmoqda, ammo oltita smartfonini endi yangilamasligini aytdi

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Xiaomi shu kunlarda MIUI 10 Global Stable bazasidagi proshivkani yana uchta modeldagi telefoniga tarqata boshlagan. Bular – Mi 5S Plus, Redmi 4 hamda Redmi 4A rusumli smartfonlardir.

Aytish kerakki, ushbu MIUI yangilanishi mazkur smartfonlardagi Android versiyasini yangilamaydi, balki o‘zgarishlar grafik qobiqning o‘zigagina tegishli. Shu bois ham Mi 5S Plus modelining operatsion tizimi Android Nougat holida qoladi. Redmi 4 va Redmi 4A modellari ham MIUI 10’gacha yangilansa-da, Android o‘sha-o‘sha Nougat 7.1.2 talqinida bo‘ladi. Ammo baribir smartfonlarni yangilashga arziydi – MIUI 10 ularga ko‘plab qiziqarli va foydali o‘zgarishlarni, tizim tezlanishini taqdim etadi.

Odatdagidek, yangilanish turli hududlar uchun bosqichma-bosich tarqatiladi, shu bois mazkur qurilmalar egalari yangilanishlarni tekshirib turishlari lozim. Ushbu Xiaomi’ning jahon bozoriga allaqachon taqdim etilgan aksariyat smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 809 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Terashop.uz’da Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 3 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.