Yarim yil kutilgan smartfon aytilganidan naq ming dollarga qimmat narxda sotuvga chiqyapti!

  •   DiMaX
  •  1804
  •  23.10.2019 16:51

Yarim yil kutilgan smartfon aytilganidan naq ming dollarga qimmat narxda sotuvga chiqyapti!

Huawei shu yilning mart oyidayoq namoyish etgan buklamafon – Mate X haliyam savdoga chiqarilmadi. Kechagina uning bozorga o‘z raqibi – Galaxy Fold flagmanidan ko‘ra arzonroq narxda kirib borishi uchun ayrim qismlarini soddalashtirishayotgani aytilgan edi.

O‘QING: Huawei rahbari aeroportda Mate X bilan «qo‘lga tushdi»!

Bugun esa Huawei o‘z vatanida Mate X buklamafonining tez orada bozorga chiqishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazdi. Buni qarangki, texnogigant uni kutilganidek arzonroq emas, balki aksincha – qimmatroqqa sotishini e’lon qilgan!

Xullasi kalom, boshlang‘ich konfiguratsiyadagi – Kirin 980 protsessori hamda 8/512 gigabaytlik tezkor/ichki xotirali Huawei Mate X uchun xitoylik xaridorlar salkam 2400 dollar to‘lashlariga to‘g‘ri keladi! Bu esa kutilayotgan narx – 1414 dollardan deyarli ming dollarga qimmat, deganidir! Darvoqe, bu – hali Xitoydagi narxi, global bozorda esa uni yanada qimmat sotishlari aniq!

Huawei ushbu eng innovatsion flagmanining ilg‘or konfiguratsiyali variantini keyingi yil sotuvga chiqaradi. 5G-modemni o‘z ichiga olgan Kirin 990 chipsetiga hamda 12/512 gigabaytlik xotiraga ega ushbu modifikatsiyaning narxi esa o‘shanda ma’lum bo‘ladi.

Darvoqe, yaqinda bo‘lib o‘tgan ICTWEEK 2019 haftaligi doirasidagi ICTEXPO 2019 ko‘rgazmasida ishtirok etgan Terabayt.uz jamoasi Huawei Mate X buklamafonini ishlatib ko‘rgan. Ushbu jarayonning videosini mana bu havola orqali YouTube-kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.

O‘QING: Huawei Mate X’ni allaqachon Aliexpress’dan sotib olish mumkin, faqat narxi qo‘rqqulik!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!