Yashirin selfi-kamerali ilk smartfonni kutilmagan kompaniya e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  1334
  •  12.08.2020 11:27

Yashirin selfi-kamerali ilk smartfonni kutilmagan kompaniya e’lon qildi

Turli smartfonsozlar telefonda ekranosti kamera (yoki yashirin kamera) texnologiyasini birinchi bo‘lib qo‘llash uchun poyga qilishmoqda. Avvalroq tarqalgan «jonli» suratga ko‘ra, Harmony OS tizimli Huawei Mate 40 flagmani ham shunday selfi-kameraga ega.

O‘QING: Xiaomi yangi flagmanida «yashirin kamera» qanday ishlashini ko‘rsatib berdi («jonli» surat)

CES 2020 ko‘rgazmasida ko‘rsatilgan Concept One modelida old emas, balki asosiy kamera yashirinadi, lekin uyam sotishga chiqarilmaydigan, konseptual smartfondir.

Boshqa smartfonsozlar hali birortayam ekranosti kamerali gadjetni taqdim etishgani ham, shunaqa model tayyorlaganini rasman e’lon qilishganiyam yo‘q. ZTE esa kutilmaganda bu borada birinchi bo‘lishini aytib bayonot berdi!

Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi ZTE rasmiy sahifasida e’lon qilingan ushbu posterga ko‘ra, kompaniya yaqin orada dunyodagi ilk ekranosti kamerali smartfonni namoyish etadi.

Yangi avlod selfi-kamerasiga ega smartfonning aniq taqdimot sanasini ZTE yaqin kunlarda aytadi.

O‘QING: Kutilmagan xavf: Xiaomi smartfonlarida barmoq izi skanerini ham kamera qilib ishlatsa bo‘lar ekan! («jonli» video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!