Yong‘in, qarz va qamoq: qismatni qora qilgan kriptovalyuta

  •   Saroy
  •  1950
  •  27.08.2018 09:49

Yong‘in, qarz va qamoq: qismatni qora qilgan kriptovalyuta

Kriptovalyuta va mayningga sarmoya kiritib boyib ketgan omadli kishilar haqidagi xabarlar ko‘pchilikning uyqusini qochirgani rost. Ushbu sohani xazinalar oroli deb biladiganlar soni ham borgan sari ko‘paymoqda. Ammo oson topilgan pullar qo‘ldan osongina chiqib ketishi haqida ham yuzlab misollar keltirish mumkin. Ular sohada omadini sinab ko‘raman deb, bor jamg‘armasidan ayriladi, qarzga botadi hatto hayotdan ertaroq ketish chorasini ham izlab qoladilar. Quyida keltirilgan misollar mazkur biznesda yanada ehtiyotkorroq bo‘lishga chaqirsa ajab emas.

Kriptovalyuta tufayli o‘zgalarni bosh-panasiz qoldirish

2018 yilda Primoriya ulkasidagi Artem shaharchasining 8 ta kvartirasi yonim kulga aylandi, yana bir qanchasi alanga natijasida tarqalgan tutun, issiq va ko‘p suv sepilishi natijasida  yashab bo‘lmaydigan darajaga kelib qoldi. Yaxshiyamki, yong‘in tufayli qurbonlar bo‘lmadi, garchi ayrimlar hayoti qil ustida qolgan bo‘lsa ham, chunki yong‘in tunda ro‘y bergandi.

O‘QING:Aldanganlar anchagina: firibgarlar Google Play’da Ethereum tokenini 388 dollardan taklif etmoqda

Yong‘inga mayning firmasining ishlashi natijasida  qisqa tutashuv yoki elektr tarmog‘idagi kuchayish sabab qilib ko‘rsatildi. 

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining yozishicha, shu yerda yashaydiganlar yong‘in qoldiqlari orasida kriptovalyuta topadigan uskunaning kulga aylangan qoldig‘i yotganini aytishgan. Shuningdek, ular kvartiralarning birida  elektr energiyasi iste’moli haddan ortiq bo‘lganiga ham guvoh bo‘lishgan, tasavvur qilinga, o‘rtacha ko‘rsatkichdan 12 barobar ko‘p elektr energiyasi iste’mol qilingan. Bu mayningga aloqasi borligiga ishoradir. Bundan tashqari, qo‘shnilar yong‘in bo‘lishi oldidan bir kishi kvartiradan otilib chiqqanini, uning qo‘lida ikkita tizimli blok ham borligini ko‘rishgan.

Garchi, hech kim qurbon bo‘lmasa-da, ko‘rilgan zararni hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi –  25 kishi boshpanasiz qolgan. Yana bir qancha kvartiralarni qayta ta’mirlash kerak bo‘lgan.  Xo‘sh uyda mayning qilib topilgan daromad yong‘indan ko‘rilgan zararni qoplarmikan?.

Kriptovalyuta tufayli qarzga botish

Kriptovalyutaga jalb qilingan va oqibatda yo‘qotilgan mablag‘ sarmoyachining o‘ziniki bo‘lsa, bu ehtimol unchalik fojea sanalmas, lekin raqamli tanga sotib olish uchun barovdan qarz olingan bo‘lsachi, bu endi haqiqiy fojea sanalsa kerak.

O‘QING:Stiv Voznyakning kriptovalyuta loyihasi barbod bo‘ldi

Mana shunday tavakkalchi yigitlarning biri Reddit nashriga o‘zining boshidan o‘tkazganlarini so‘zlab berdi. Kriptoinvestorning ta’kidlashicha, virtual valyuta topish uchun  500 ming dollar biznes-kredit olgan.  Bu uning ilk xatosi edi. Ikkinchi xatosi jalb qilingan mablag‘ning katta qismini eng noxush  loyiha bo‘lmish,  Bitconnect’ga ishlatgan. Ushbu loyiha Ponsi sxemasi  asosida uyushtirilgan edi va 2018 yil yanvarda yopildi. Uning yuzlab investorlari esa, bor-budini yo‘qotib,  barmoqlarini burniga tiqib qolaverdi. Kredit olgan yigit  endi katta qarzni ham to‘lashi kerak.

Eng hayratlanarli joyi shundaki, hatto tajribali kriptoinvestorlar ham ba’zan bo‘ynigacha qarzga botar ekan.

Bitkoinga muvaffaqiyatli mablag‘ sarflagan amerikalik oxir-oqibat soliqlar bo‘yicha 50 ming dollarlik qarzga ega bo‘ldi.

U 2017 yil boshida 8 ta tanga sotib olishga ulgurdi va hatto kriptooltin narxiga chiqqan paytda sotishga ham muvaffaq bo‘ldi. Ya’ni, sarmoyachi sarflagan 7,2 ming dollarlik mablag‘ bilan yil oxirigacha 120 ming dollarlik foyda ko‘rdi, ammo ko‘rilgan daromadni u endi altkoinga tikdi. Bozor qulashi yetmaganidek, yana uning barcha investportfeli ham 30 ming dollargacha arzonlashib ketdi.

Katirovkaning shu qadar tushib ketishiga qaramay, kriptotreyder 22,8 ming dollar foyda bilan chiqdi. Afsuski, u keyinroq bildiki, bitkoinlar sotuvidan tushgan foydadan o‘zi yashab turgan shtatga 50 ming dollar soliq ham to‘lashi kerak ekan. Boshqacha aytganda, soliqlarni hisobga olganimizda, uning ko‘rgan zarari 27 ming dollar bo‘ldi.

Treyderning ta’kidlashicha, u qarzni tez orada to‘lay olmaydi, chunki uning yillik daromadi bor-yo‘g‘i 47 ming dollarni tashkil qilar ekan. Endi u qonun bo‘yicha qamoqqa ham olinishi  ham mumkin.

Kriptavalyuta tufayli so‘nggi chaqalardan ayrilish

Ikki smenada ishlash, mashinada tunab yurish, do‘stining uyida yuvinib olish, bu  kanadalik kriptovalyuta ishqibozining  kundalik hayoti. Bunday tejamkorlikning hammasi yana ko‘proq kriptovalyuta olish uchun ekan.

O‘QING:Sharpa treyderlar: firibgarlar pulingizni umarishning yangi usulini qo‘llamoqda

Kunduzi u omborda yuk ko‘targich texnikasining operatori bo‘lib ishlaydi, kechalari esa buyurtmachilarga  ovqat tashiydi. Oylik ijara to‘lovi  800 Kanada dollari turadi. Yigitcha shu pulni ham behuda sarflash, deb baholadi va mashinasida yashay boshladi. Kechalari u mashinasi bilan do‘stining garajida qoladi. Kamiga, do‘sti unga vannasida cho‘milishga ham ro‘xsat berdi.
Bunday qattiq tejamkorlik va holdan toyguncha ishlash yigitchaga investportfelini 6 ming Kanada dollarigacha shakllantirish imkonini berdi. Bundan tashqari, u har oyda  kriptaga yana 2,5 tis Kanada .dollarini sarflaydigan bo‘ldi. Uning qat’iyatliliga faqat havas qilish mumkin, ammo bularni barchasi uni xonavayron bo‘lishdan qutqarib qolarmikan?

Kriptovalyuta vasvasasi chegara bilmaydi. Hozircha, yosh kanadalik raqamli tangalardan katta pul topaman, deb orzuga berilib, mashinasida uxlab yurgan bir paytda, qirq yoshli  avstraliyalik kriptovalyuta bozoriga o‘ylamay burnini tiqish natijasida  ko‘rgan zararini hisoblab o‘tiribdi.

Sidney shahri fuqarosi Derek Rouz  2017 yilda o‘zining pensiya jamg‘armasini koinlarga tikdi  va atigi bir necha oy ichida millionerga aylandi, keyin bir zumda hamma pulidan ayrildi.

20 yil davomida sobiq jurnalistning pensiya hisobiga 200 ming dollar jamg‘arilgan edi. 2017 yilning bahorida kriptobozor avjiga chiqqan mahal, u bor pulini kriptovalyuta olib sotarligiga tikdi va dekabrning o‘rtalariga kelib uning birjadagi hisobida mablag‘i 7 million dollarga yetdi. Bu baxtli yakunlangan  tarixga aylanishi mumkin edi. Afsuski, Rouz bitkoin va boshqa raqamli tangalar narxining kutilmaganda juda pastlab ketishi oqibatida bor pulini bir zumda yo‘qotdi.

O‘QING:Bitkoin ishonchni yo‘qotmoqda

Jadvalda btc narxini, dekabrda uning keskin tushib ketganini ko‘rish mumkin

Shuncha yo‘qotish ham avstralikning hovurini bosolmadi — u hali ham pullarini qaytarib olishdan umidini uzgani yo‘q. Nima ham deyish mumkin, nafaqaxo‘rga omad tilashdan boshqa iloj yo‘q. Agar, bu safar ham  omadi kelmasa, avstraliyalik qariya keksalik gashtini surish baxtini ko‘rmay o‘tib ketishi tayin.

Kriptovalyuta savdosi tufayli panjara ortiga tushish

Sud Janubiy Kaliforniyada yashovchi  fuqaroni kriptovalyuta bilan noqonuniy savdo qilganlikda aybladi. Endi 50 yoshli Tereza Tetli o‘mrining bir yilini panjara ortida o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Bu hali hammasi emas.

Tereza Tetli ozodlikdan mahrum bo‘lganidan tashqari,  40 ta bitkoindan, 25 ta oltin quymasidan va 300 ming dollaridan ham ajraladi.

Amerikalik omadli xonim kriptooltin savdosini daromadli biznesga aylantirishga muvaffaq bo‘lib, 2014 yildan to  2017 yil oxirigacha, yiliga 300 ming dollardan foyda ko‘rdi.   Ishbilarmon ayol giyohvand moddalar savdosidan ortirgan pulini bitkon orqali tozalab olmoqchi bo‘lgan xaridor bilan oldi-berdi qilayotganda qo‘lga tushdi. Keyin ma’lum bo‘lishicha, mijoz maxsus xizmat idorasi agenti ekan, oqibatda Tetli turmaga qarab yo‘l oldi. 

Tergovchilar ayolning kriptovalyuta bilan noqonuniy savdo qilganini isbotlay oldi, ya’ni u litsenziyasiz ishlagan va pul yuvgan. Xullas, kriptovalyuta biznesi bilan shug‘ullanish Tetli uchun bir yillik qamoq jazosi, 40 ta bitkoin, 25 ta oltin quyma va 300 ming dollarga tushdi.

Kriptovalyuta tufayli o‘z joniga qasd qilish

Xitoylik treyder OKEx kriptobirjasi rahbariyatini uning pullarini qaytarib berishga ko‘ndirish uchun eng so‘nggi chorani qo‘llashga urinib ko‘rdi: kriptopullar jinnisi Gonkongdagi kompaniya binosi ostonasida bir banka dixlorfos ichishga urindi. Insektitsidning ushbu dozasi o‘limga olib keladi, har qalay  fojeaning oldi olindi.

Treyderning bunday qaltis chorani qo‘llashiga uning 2018 yil 31 martda   1,75 million dollar yo‘qotgani sabab bo‘ldi.  

O‘QING:Facebook ham o‘z kriptovalyutasini chiqarmoqchi 

Kriptooltinga qo‘yilgan fyuchers narxlari kutilmaganda keskin tushib ketdi. Qandaydir qisqa vaqtda  30-40 foizga arzonlashishi nafaqat bitkoin egalarini, boshqa har qanday mahsulot egalarini ham xonavayron qilishi mumkin. Narxning bu qadar inqirozi birjada barcha shartnomalarni bekor qilishga  olib keldi. Kompaniyaning ushbu qarorini hamma ham qonuniy, deb baholagan yo‘q, albatta, lekin baribir fakt faktligicha qoladi, ya’ni xitoylik treyder kabi yana yuzlab odamlar bor-yo‘g‘idan ayrildi.

Umidsizlikka tushgan treyder qo‘lida bir banka dixlorfos ushlaganicha,  uning fyuchers bo‘yicha pozitsiyasini yopish noqonuniy bo‘lganligini ta’kidladi. O‘z joniga qasd qilish yo‘li bilan tahdid qilib, u ehtimol kompaniya pullarini qaytarib berishidan umid qilgandir. OKEx esa mijozi bilan muzokara kilib o‘tirmadi, treyder har qalay, dixlorfos ta’mini totib ko‘rish niyatidan qayta qoldi.

Xonavayron bo‘lish, qarzga botish, qamoq, bularning barchasi krimtovalyutaga berilish jahannam sari yo‘l bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Haqiqatda esa yuqorida keltirib o‘tilgan misolllarning bachasi  aslida omadsizlar raqamli tangalardan zarar ko‘rganiyo‘q, balki o‘zlarining ehtiyotsizligidan shu ahvolga tushishdi. Bunday vaziyatga tushmaslikning yo‘li oddiy, u ham bo‘lsa kriptovalyuta savdosida faqat yo‘qotishga ruhan tayyor bo‘lgan miqdordagi pulingizdan ko‘p pul tikmaslikdir. Barchasiga yetti o‘lchab keyin qo‘l urish aqqli kishilarga xos ishdir, qolaversa avval boshda malakali huquqshunos bilan maslahatlashib qo‘yish ham foydadadan holi bo‘lmaydi.