UZOQ KUTILGAN VIDEO: Nihoyat, Samsung qayishqoq ekranli buklama smartfonini namoyish etdi!

Samsung taxlama smartfonining eng qiziq qismi – buklanuvchi displeyi bo‘ldi. Ishlab chiqaruvchining o‘zi uni Infinity Flex deb atamoqda.

Samsung buklama smartfonini antiqa surat bilan reklama qilyapti

Galaxy F (ayrim manbalarga ko‘ra – Galaxy X) modeli haqidagi batafsil ma’lumotlarni 7-8 noyabr kunlari San-Fransisko shahrida o‘tkaziladigan anjumanda aytishadi.

Samsung’ning buklama smartfoni egiluvchan displeydan tashqari yana bitta ekranga ega!

Galaxy X qayishqoq displeyi 7,29 dyuymlik bo‘lib, qurilma buklanganida u korpusning ichki tomonida qoladi. Ammo uning «orqa» tomonida yana bitta ekrani bor ekan!

Samsung inqilobiy Galaxy X buklama smartfoni uchun Infinity-V Display savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazdi!

Galaxy X smartfoni yoyilganida to‘laqonli planshet vazifasini bajara oladi. Mazkur yangicha gadjet Samsung Electronics o‘z faoliyatini olib borayotgan barcha mamlakatlar bozorlariga chiqariladi.

Nihoyat, Samsung qayishqoq displeyli buklama smartfon taqdimotiga taklif etyapti! (+video)

Samsung Developer Conference konferensiyasi taklifnomasida kompaniya o‘zining eng kutilayotgan mahsuloti – qayishqoq ekranli buklanuvchi Galaxy X smartfoniga ham ishora qilgan.

Samsung Galaxy X – smartfon korpusidagi to‘laqonli planshet!

Kompaniya rahbariga ko‘ra, Galaxy X modeli yoyilganida to‘laqonli planshet vazifasini bajara oladi. U Samsung Electronics o‘z faoliyatini olib borayotgan barcha mamlakatlar bozorlariga chiqariladi.

Samsung buklama smartfonini Galaxy S9 proshivkasi «sotib qo‘ydi»!

Galaxy X (yoki Galaxy F) modeli tarzida taqdim etiladigan qayishqoq displeyli buklama smartfon noyabrda taqdim etilishi kutilmoqda.

Samsung Galaxy X: koreyaliklar inqilobiy buklama smartfonning taqdimot kuni va hatto narxini ham aytishdi!

Buklama smartfonni birinchi bo‘lib taqdim etish yo‘lida janubiy koreyaliklarning asosiy raqibi Huawei hisoblanadi. Shunday form-faktorga ega smartfonlarni yaratish ustida LG va Apple ham ishlamoqda.

Samsung’ning buklama smartfoni yana bir yangicha texnologiyaga ega bo‘lyapti!

Samsung bu modeldan atigi 120 000 donagina chiqarishni rejalashtirgan. Shuningdek, insayderlar uning narxi 10 000 yuan, ya’ni 1 457 AQSh dollari bo‘lishini ham aytishgan.

Samsung direktori so‘z berdi: buklama smartfon shu yiliyoq chiqadi!

Samsung mobil bo‘linmasi bosh direktori DJ Koh so‘zlariga ko‘ra, buklama smartfon shu yilning noyabrida San-Fransisko shahrida dasturchilar uchun tashkillashtiriladigan konferensiyada taqdim etilishi mumkin.

Samsung ham, Razer va Xiaomi kabi, o‘yinbop smartfon chiqarmoqchi – bu Galaxy X bo‘ladimi?

Samsung’ning buklama smartfoni Galaxy X deb nomlanmasligi aniq. Ehtimol, kompaniya bu nomni aynan o‘yinbop smartfon uchun tanlagan bo‘lishi mumkin.

Galaxy S10 doimgidan ertaroq chiqadi. Bunga jiddiy va quvonchli bir sabab bor!

Samsung o‘zining Galaxy S turkumi modellarini har yilgi MWC ko‘rgazmalarida taqdim etib kelmoqda. Ammo navbatdagi – Galaxy S10 flagmani kelgusi yil yanvaridagi CES 2019 tadbirida namoyish qilinadi.

VIDEO: Uch ekranli Samsung Galaxy X buklama smartfonini ishlayotgan holatida ko‘rsatishdi

Galaxy X smartfonining asosiy ekrani 6.4 dyuymlik Super AMOLED-displey bo‘ladi. Qo‘shimchasiga unda yana ikkita «ichki» ekran bo‘lib, ularning o‘lchami diagonaliga 6.5 dyuymga teng.

Uch ekranli Galaxy X buklama smartfonining taqdimot vaqtini aytishdi

Galaxy X tashqi tomonida yana bitta mini-ekran ham joylanadi. Smartfon «yopilganida», bu ekranchada har xil tezkor ma’lumotlar: bildirishnomalar, qo‘ng‘iroqlar, SMS va boshqalar aks etadi.

Samsung o‘zining Galaxy X buklama smartfonini «maxfiy yig‘ilish»da ko‘rsatdi

Guvohlardan birining so‘zlariga ko‘ra, koreyaliklarning buklama smartfoni diagonaliga 7,3 dyuymlik qayishqoq OLED-displeyga ega. Gadjetning ekrani polimer OLED materialidan yasalgani taxmin qilinmoqda.

Mutlaqo romsiz Samsung Galaxy X’ning ilk videosi va suratlarini tomosha qiling!

Bir qarashda bu qurilma Samsung Galaxy S8 modelining yaxshilangan versiyasiga o‘xshab ketadi. Ammo romlardan mutlaqo xoli ekranga, qo‘sh modulli asosiy kameraga va yuz skaneriga ega.

Inqilobiy buklama smartfon – Galaxy X taqdimoti va savdoga chiqarilish vaqti aytildi

Galaxy X modelini tezroq chiqarish borasida shoshilmasa ham bo‘lmaydi. Chunki uning asosiy raqibi – Apple ham allaqachon LG bilan hamkorlikda yaratilgan xuddi shu kabi mobil qurilmasini patentlagan.

Samsung saytida buklama Galaxy X «ko‘rindi»

Avvalroq ushbu model Janubiy Koreyaning Milliy aloqa agentligida, Bluetooth SIG hamda WiFi Alliance tashkilotlarida sertifikatsiyadan o‘tgan.

Samsung Galaxy X: qo‘sh ekranli buklama smartfon yaqinda taqdim etiladi

Galaxy X xuddi noutbuk yoki ZTE Axon M singari form-faktorga ega. Masalan, uni xuddi oddiy telefon sifatida ishlatish ham, zarurat tug‘ilganida yoyib, planshet formatida foydalanish ham mumkin.

Samsung inqilobiy smartfonini bilakka taqiladigan qilmoqchi

Chizmalarni ko‘rsatishicha, taqiluvchi gadjetning displeyi nafaqat qiyshayishi, balki buralishi ham mumkin! Bular Samsung o‘zining inqilobiy smartfonini bilakka taqishga moslashtirayotganidan darak beradi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш