25 fevraldagi Startup Grind’da qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘ting!

  •   DiMaX
  •  764
  •  23.02.2019 17:50

25 fevraldagi Startup Grind’da qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘ting!

Toshkent shahrida 25 fevral kuni Startup Grind xalqaro mustaqil startap jamiyatining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «Spot.uz» nashri xabar bergan.

O‘QING: «RoboCUP» televizion musobaqasida qatnashib, Xitoyga yo‘llanma va universitetga kirish uchun imtiyozga ega bo‘ling!

«Spot.uz»ning bosh muharriri (ilgari Univer Club Family, «Golod» (Moskva)ning marketing bo‘yicha direktori lavozimida faoliyat olib borgan) Timurmalik Elmurodov uchrashuvning mehmoni bo‘ladi. Suhbat mavzusi: O‘zbekistonda startap loyihalarni yuritish.

Tashkilotchilar ta’kidlashlaricha, tadbirda Elmurodovga savollar berish, muhokamada ishtirok etish mumkin bo‘ladi. Uchrashuvda quyidagilarni bilib olasiz:

  • Rossiyaning startap-ekotizimidan nimani o‘rganishimiz mumkin?
  • Marketingda ma’lumotlardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
  • Kontent marketing orqali mijozlarni qanday jalb qilish mumkin?
  • Marketing orqali raqobatchilarni qanday dog‘da qoldirish mumkin?
  • Qanday qilib startaplar dunyosida ma’lumotni sizning foydangizga ishlatish mumkin va boshqalar.

Tadbirga tadbirkorlar, IT-mutaxassislar, marketologlar, talabalar va boshqa manfaatdor tomonlar taklif etiladi.

Joy va manzil: Ground Zero Kitob Olami (Mustaqillik ko‘chasi, 6−7). Tadbir 25 fevral kuni soat 18:45 da boshlanadi.

Kirish bepul, faqat mana bu havola bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Silikon vodiysida asos solingan Startup Grind millionlab tadbirkorlarga o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishga, strategik hamkorlar bilan bog‘lanishga va sarmoya jalb qilishga yordam berdi. Ushbu loyiha Ground Zero kovorking-markazlari tarmog‘i hamkorligida amalga oshirildi.

O‘QING: Qarshi oling: AKT yo‘nalishidagi yangi universitet!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!