40 dollargacha qilib belgilandi: Android-smartfonlar uchun Google ilovalar paketi narxi

  •   Saroy
  •  452
  •  22.10.2018 14:31

40 dollargacha qilib belgilandi:  Android-smartfonlar uchun Google ilovalar paketi narxi

Bundan avval Yevrokomissiyaning talabi bilan Google  smartfon va planshet ishlab chiqaruvchilardan Android’da o‘zlarining ilovasi va servislarini qayta o‘rnatgani  uchun haq olishni boshlagani haqida xabar berilgandi. Kuni kecha esa,  The Verge sayti jurnalistlari qo‘liga narxlarning ro‘yxati bilan maxfiy hujjat kelib tushgani ma’lum qilindi.

Pullik «xizmatlar» faqat  Yevropa iqtisodiy hududida amalda bo‘ladi (YeI a’zolari va yana  Islandiya, Lixtenshteyn va  Norvegiya). Qolaversa, hisob kitob amalga oshirilayotganda, nafaqat mamlakat, balki qurilmaning toifasi, aniqrog‘i PPI ko‘rsatkichlari (pixel per inch, piksellarning dyuymga nisbatan zichligi) ham hisobga olinadi .

Google Mobile Services ilovalar paketiga eng yuqori narx ekranining peksili  dyumga nisbatan  500dan yuqori bo‘lgan smartfonlariga belgilangan. Bunday qurilmalar Buyuk Britaniyada, Shvetsiyada, Germaniya, Norvegiya va Niderlandiya mamlakatlarida sotiladi va to‘lovi 40 dollar qilib belgilangan. 20 dollardan  PPI  400 dan  500 pikselgacha bo‘lgan smartfon ishlab chiqaruvchilari to‘laydi, Undan past bo‘lgan, ya’ni 400 gacha bo‘lgan peksilli qurilmalar uchun 10 dollar. Ayrim mamlakatlarda Google ilovalari servislari atigi 2,5 dollar qilib belgilangan.

O‘QING:Google Yevrokomissiya jarimasi tufayli Android’ni pullik qilmoqchi

Google Mobile Services  paketiga Google Play Store, Gmail, Google Maps va  YouTube ilovalar do‘koni kiradi. Chrome’da  litsenziya olish va  Google’da qidiruv xizmati alohida narxda bo‘ladi.

O‘z smartfonlariga qidiruv va brauzerni o‘rnatmoqchi bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar qo‘shimcha ravishda rag‘batlantiriladi. Ular shu yo‘l bilan litsenziyalashtirish uchun qilgan sarf-xarajatini qisman yoki to‘liq chiqarib oladi.

Yangi tartib 29 oktyabrdan kuchga kiradi. Google qurilmalardan to‘lovni amalga oshirishni 2019 yil 1 fevraldan boshlaydi. 

O‘QING:Google ilovalari pulli bo‘lyapti – endi smartfonlar qimmatlaydimi?