Beeline Surxondaryo viloyati abonentlari uchun “Qulay Internet” xizmatini ishga tushirdi
Beeline aloqa operatori Surxondaryo viloyati abonentlari uchun “Qulay Internet” xizmati ishga tushirilgani haqida xabar beradi.
“Qulay Internet” paketini $1,99 evaziga yoqtirib, abonentlar soat 11:00dan 17:00ga qadar har kuni 1000 Mb internet-trafikga ega bo‘ladilar. Paketning amal qilish muddati — 30 kun. Yoqtirish kodi: *110*1*42# Paket “Bravo Ooo!” va “Bravo Online” tarif rejalaridagi Surxondaryo viloyati abonentlari uchun amal qiladi.
Qolgan trafik miqdorini tekshirish uchun USSD kod— *109# Paketni faqat 2016 yilning 1 noyabr kuniga qadar yoqtirish mumkin. Tafsilotlar Beeline saytida.