Endi nafaqat quyosh nuridan, balki tungi sovuqdan ham elektr olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  1199
  •  14.09.2019 12:08

Endi nafaqat quyosh nuridan, balki tungi sovuqdan ham elektr olish mumkin!

Los-Anjeles shahridagi Kaliforniya universiteti olimi Osvath Romon (Aaswath Raman) o‘ylab topgan texnologiya tungi sovuq havodan ham energiya olishga imkon beradi. Bunga esa haroratdagi farq sababli yuzaga keladigan elektr potensiali erishiladi.

O‘QING: Buxoroda havodan suv oluvchi qurilma ishga tushdi

Mazkur hodisa fizika tilida termoelektrik effekt deb nomlanadi. Olimlar undan quyidagicha foydalanishni taklif etishyapti: uylar tomlaridagi standart quyosh panellariga maxsus keramik materialdan yasalgan yupqa panel qo‘shiladi. Bu qism termoelektrogenerator vazifasini o‘taydi. Panelning bir tomoni salqin tungi havoga qarab turadi, ikkinchi yuzasi esa tomdan ajralib chiqayotgan issiqlikni ushlab oladi. Olimlarning tajribalari ko‘rsatishicha, bunday tuzilma haroratdagi 2 darajagacha bo‘lgan farqni ajrata oladi.

Ushbu usul hozircha panelning har bir kvadrat metr yuzasidan 25 mVt miqdorida quvvat olish imkonini beradi. Tadqiqotchilar kelajakda uning samaradorligini kamida ikki baravarga oshirishni mo‘ljallashmoqda.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Wi-Fi signalidan elektr toki olish yo‘li topildi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.