Eng muhimi milliy xavfsizlik: Avstraliya ham endi Huawei va ZTE’ga ishonmaydi

  •   Saroy
  •  981
  •  30.08.2018 13:17

Eng muhimi milliy xavfsizlik: Avstraliya ham endi Huawei va ZTE’ga ishonmaydi

Avstraliya hukumati ham xitoylik kompaniyalarga qarshi «boykotga» qo‘shildi va mamlakat mobil tarmoqlarida 5G’ni rivojlantirishda ularning ishtirokini ta’qiqladi.

Avstraliya moliya vaziri  Skott Morrison va sobiq aloqa vaziri Mitch Fayfilning birgalikda e’lon qilgan bayonotida aytilishicha: «Hukumat xorijiy hukumatlarga bo‘yso‘nishi mumkin bo‘lgan kompaniyalarning ishtiroki Avstraliya qonunlarini buzadi, chunki  operatorlarning 5G tarmoqlarini himoyalash qobiliyatini shubha ostida qoldiradi».

5G tarmog‘ini rivojlantirishdan aynan qachon chetlashtirilgani bayonotda ko‘rsatilmagan, ammo  Huawei kompaniyasining ta’kidlashicha bu qaror  ZTE’ga ham taalluqli.

O‘QING:AQShda davlat tuzilmalariga Huawei va ZTE mahsulotlaridan foydalanish taqiqlandi

«Huawei va ZTE uchun Avstraliyaga 5G texnologiyalarini yetkazish ta’qiqlandi. Bu iste’molchilar uchun juda xunuk yangilik, deb yozadi Huawei  Twitterda.  Huawei 5G sohasida dunyodagi eng ilg‘or kompaniya. Biz Avstraliyaga 15 yildirki, ishonchli va xavfsiz bo‘lgan simsiz texnologiya yetkazib beramiz».

Shunday qilib, Avstraliya AQSh va Buyukbritaniyadan keyingi ushbu ikki xitoylik kompaniyaning halolligiga shubha bilan qarayotgan uchinchi davlat bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, AQShda ushbu kompaniyalar texnikalaridan davlat idoralarida foydalanish ta’qiqlangan. Federal qidiruv byurosi va Markaziy razvedka boshqarmasi ham mamlakat aholisini ushbu ishlab chiqaruvchilarning smartfonlarini sotib olmasliklarini maslahat bergan.

O‘QING:ZTE kompaniyasiga qo‘yilgan taqiq butunlay olib tashlandi, ammo ko‘rilgan zarar oz emas

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.