Galaxy Note 10 hamda Note 10+ fabletlarini ilk «jonli» videoda solishtirib ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  2357
  •  02.08.2019 10:40

Galaxy Note 10 hamda Note 10+ fabletlarini ilk «jonli» videoda solishtirib ko‘ramiz!

Samsung kompaniyasining o‘ninchi avlod planshetofonlari taqdimotiga bir haftadan ham oz vaqt qoldi. Galaxy Note 10 va Note 10+ haqida ko‘plab ma’lumotlar berganmiz, ularning ilk «jonli» videosi esa endi chiqdi.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Galaxy Note 10+’ni hali namoyish qilinmagan iPhone XR 2019’da suratga olib ko‘rsatishdi!

Yangi tarqalgan videoda ushbu flagmanlarning faqat korpuslari «jonli» ko‘rsatilgan. Bunda ularni nafaqat o‘zaro, balki o‘tgan yilgi Galaxy Note 9 fableti hamda Galaxy S10+ (sotib olish) smartfoni bilan ham taqqoslangan.

Mana, garchi video inglizcha sharhlangan bo‘lsa-da, tasvirda aks ettirilgan ma’lumotlar orqali ham Galaxy Note 10 hamda Note 10+ fabletlarining xususiyatlarini anglab olish qiyin emas:

Samsung mazkur modellarini 7 avgustda bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida taqdim etadi. Kompaniyaning hozirgacha savdoga chiqqan turli telefonlarini esa 619 000 so‘mdan boshlangan narxlar evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Samsung rekordchisi: keyingi arzon smartfon naq 6000 mA/soatlik akkumulyatorga ega!