Google besh yldan keyin Android’ni Fuchsia OS’ga almashtiradi

  •   Saroy
  •  881
  •  20.07.2018 15:38

Google besh yldan keyin Android’ni Fuchsia OS’ga almashtiradi

Google kamida ikki yildan buyon yangi Fuchsia OS operatsion tizimi ustida ish olib bormoqda. Ushbu tizim smartfonlar va noutbuklarda allaqachon ishlatilmoqda. Agar Bloobmerg nashri tarqatgan xabarga ishonadigan bo‘lsak, bu kompaniya uchun nafaqat shunchaki eksperiment, balki u eng mashhur Android mobil operatsion tizimining o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan yangi tizim hamdir.

Jurnalitlarning ma’lumotiga ko‘ra, Google keyingi uch yil davomida  Fuchsia OS’ni «aqlli» kolonkalarga va noutbuklarga o‘tkazmoqchi, besh yildan keyin esa smartfonlarda Android’ni qo‘llashdan voz kechiladi. Shu yo‘l bilan kompaniya Android’ning barcha kamchiliklaridan qutiladi hamda  yanada mustaqil bo‘ladi. Masalan, tizimda hali ham Java’ning ayrim elementlari foydalaniladi, bu esa kelgusida  Oracle bilan sud jarayoni tufayli muammo keltirib chiqarishi mumkin.

O‘QING: Google Yevrokomissiya jarimasi tufayli Android’ni pullik qilmoqchi

Fuchsia OS tizimi haqida ommaviy axborot vositalarida ilk ma’lumot 2016 yil avgust oyida paydo bo‘lgandi.  Google kompaniyasining bir guruh muhandislari yangi tizim haqidagi dastlabki ishlanmalarini e’lon qilgandi. Yangi tizimni yaratish jarayoni kompaniya tomonidan amalda  yoritilmaydi, biroq smartfonlar va planshetlarda testdan o‘tkazish uchun  dastlabki  versiyalar mavjud.

Hozircha Fuchsia OS hech narsani bajara olmaydi, biroq ishni oxiriga yetkazish uchun kompaniyada hali vaqt yetarli. Usti ustak, u hali ilovalarning muvofiqligi muammosini ham hal etish lozim yoki yirik dasturiy ta’minot yaratuvchilari hamda smartfon ishlab chiqaruvchilarni Android’dan voz kechib, yangi tizimga o‘tishga ko‘ndirishi kerak.

O‘QING: Qarshi oling: Firefox Rocket – «reaktiv» Android-brauzer!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!