Huawei allaqachon bitta smartfonida mutlaqo yangi – Fuchsia operatsion tizimini sinamoqda!

  •   DiMaX
  •  1002
  •  24.11.2018 14:52

Huawei allaqachon bitta smartfonida mutlaqo yangi – Fuchsia operatsion tizimini sinamoqda!

Google kompaniyasi anchadan beri Fuchsia nomli yangi operatsion tizim tayyorlayotgani ma’lum. U Android, Wear OS hamda Chrome OS tizimlari o‘rniga kelishi kutilmoqda.

O‘QING: Google yangi – universal operatsion tizimni taqdim etdi

Ushbu tizimni Google allaqachon o‘zining Pixelbook noutbukiga o‘rnatib, ishlatib ko‘rsatgan va interfeysidan olingan fotosuratlarni taqdim etgan. Fuchsia operatsion tizimini o‘z ishlab chiquvchisidan tashqari ilk bor Huawei o‘z smartfonida sinab ko‘rmoqda. Kompaniya xodimidan olingan ma’lumotga ko‘ra, xitoylik texnogigant uni Honor Play modeliga o‘rnatib test qilayotir.

Xabarga ko‘ra, ayni damda bu boradagi asosiy vazifa Fuchsia operatsion tizimi faoliyatini Kirin 970 mobil platformasi bilan muvofiqlashtirishga erishish bo‘lib turibdi.

Yana bir narsani ta’kidlash kerak: Honor Play modeli GPU Turbo texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi ilk smartfonidir. O‘yinlarda samaradorlikni oshiruvchi ushbu texnologiyani Huawei kompaniyasi keyinchalik yangilanish asosida boshqa smartfonlariga ham tatbiq etgan.

O‘QING: Honor 10 Lite taqdim etildi: atigi 200 dollarga GPU Turbo va «sun’iy ong»li ko‘rkam smartfon

Ammo ayni damgacha na Google, na Huawei kompaniyasi Fuchsia tizimining bu smartfonlarda qo‘llanishi haqida rasman ma’lumot bermagan.

Agarda xitoylik texnogigant Fuchsia operatsion tizimini Kirin 970 protsessori bilan kelishtira olsa, keyin uni boshqa smartfonlariga ham o‘rnatish imkonini taqdim etishi mumkin. Bu chipset asosidagi Huawei smartfonlari esa anchagina: Mate 10, Mate 10 Pro, Mate 10 Porsche Design, Huawei P20, Huawei P20 Pro, Huawei Mate RS Porsche Design, Honor V10 (Honor View 10), Honor 10, Huawei Nova 3, Honor Note 10 kabilarni eslash kifoya.

Aytish kerakki, turli modellardagi Huawei smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 890 000 so‘mdan boshlangan narxlarda onlayn usulda xarid qilish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da Huawei smartfonlari narxlari (2018 yil 24 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.