Huawei P40, P40 Pro va P40 Pro Plus'lar taqdim qilindi. Kamerafonlar bilan rasman tanishamiz

Huawei P40, P40 Pro va P40 Pro Plus'lar taqdim qilindi. Kamerafonlar bilan rasman tanishamiz

Huawei kompaniyasi yangi flagman smartfonlarining onlayn taqdimotini o‘tkazdi. Unda uchta model — P40, P40 Pro va P40 Pro Plus'lar taqdim etildi.P40 bazaviy modelida to‘rt tomoni qayrilgan 6.1 dyuym diagonalli Overflow ekrani ishlatilgan (smartfonlar uchun kam uchraydigan holat, ya’ni yuqori va pastki qismlari ham qayrilgan). Huawei'ning so‘zlariga ko‘ra, ushbu dizayn fimjonga limmo-lim to‘ldirilgan suvning yuza qismi shaklini eslatadi. Xuddi shu ekran P40 Pro va P40 Pro Plus modellarida ham qo‘llanilgan, ammo 2640 × 1200 piksel o‘lchamidagi nisbatan kattaroq 6,58 dyuymli diagonalda. Ekranni yangilash chastotasi esa 90Hz.Barmoq izi skaneri ekran ostiga o‘rnatilgan bo‘lib, o‘tgan yilgi P30 seriyali modellarga qaraganda 30% kattaroq maydonni egallagan va shuncha foiz tezroq ishlaydi. Shuningdek, smartfonlarni qulfdan chiqarish old kamerada o‘rnatilgan infraqizil yuz skaneri yordamida ham amalga oshirilishi mumkin.P40 seriyali smartfonlarning asosiy kamerasi bitta umumiy modulga vizual ravishda birlashtirilgan bir nechta sensorlardan iborat bo‘lib, ular korpusning orqa tarafidan biroz bo‘rtib chiqib turadi.Smartfonlarning barchasida 1/1,28 dyuymli RYYB (qizil, sariq, sariq, ko‘k) datchiklariga ega 50 megapikselli kameradan foydalanilgan. Taqqoslash uchun, P30 smartfonlarida 40 megapiksellik kamera mavjud bo‘lib, ular 1,7 dyuymli datchiklarga ega, iPhone 11 Pro'da esa yanada sodda - 12 megapiksellik kamera 1/2,55 dyuymli sensorga ega.Shuningdek, P40'da 16 megapiksellik ultra-keng burchakli kamera va 3 karra optik kattalashtirishga ega 8 megapiksellim telefoto liznadan foydalaniladi.P40 Pro'da yordamchi kameralar to‘plami yanada boyroq: kinematografik darajadagi linza bilan 40 megapiksellik kenglik, 5 karra optik zum va RYYB sensori bilan 12 megapiksellik telefoto hamda tasvir chuqurligini o‘lchash uchun ToF sensori. Shuningdek, 50 karra raqamli rasm kattalashtirgich qo‘llab-quvvatlanadi.

P40 Pro Plus bundanda keng fotoimkoniyatlarga ega. Yordamchi kameralar sifatida, unda P40 Pro'dagilarga qo‘shimcha ravishda, 10 karrali optik zumga ega 8 megapiksel sensorli periskop telefoto linzasi qo‘llaniladi.

Tabiiyki, ko‘p karrali zum yaxshi stabilizatsiyani talab qiladi, lekin bu yerda hammasi joyida, ya’ni barqarorlik asosiy 50 megapiksellik kamera va telefoto bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, tebranishlar ta’siri sun’iy intellekt tizimidan foydalangan holda tasvirni qayta ishlash bilan tekislanadi.

Suvdan himoya masalasiga kelsak, P40 Pro va P40 Pro Plus IP68 standartiga muvofiq kuchaytirilgan, P40 bazaviy modeli esa biroz soddaroq - IP53 standartiga ega.Smartfonlar 4K o‘chamgacha (shu jumladan sekinlatish effekti bilan) videoni suratga oladi va qorong‘ida ham sifatli suratga olish uchun ISO'dan 51200 gacha foydalanadi.

Old kamera barcha modellarda bir xil: 32 megapiksel + ToF sensori va IR (infraqizil) skaneri. Avtomatik fokus qo‘llab-quvvatlanadi, bu selfi olishda juda kerak bo‘ladi.

Uchala model ham Huawei kompaniyasining Kirin 990 protsessorida ishlaydi. Unga 5G modem, shuningdek, neyron moduli o‘rnatilgan bo‘lib, u quvvat sarfini kamaytirish va ish samaradorligini oshirish uchun ham xizmat qiladi.

P30 sig‘imi 3 800 mA/soat bo‘lgan batareyaga, P40 Pro va P40 Pro Plus esa 4 200 mA/soat sig‘imli batareyaga ega bo‘ladi. Eski modellar 40 vattlik USB Type-C va simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi (40 vattli quvvatlovchi Qi adapterlari alohida sotiladi).Va nihoyat, smartfonlar Android va Google xizmatlarisizmi? Ha, shunday, lekin Huawei foydalanuvchilarga ularning kerak emasligini isbotlash uchun ko‘p harakat qilmoqda. Kompaniya o‘zining AppGallery ilovalar do‘konini rivojlantirmoqda hamda ommabop dasturlar va o‘yin yaratuvchilarini unga jalb qilmoqda.

Birinchi marta P40 seriyali smartfonlar oldindan o‘rnatilgan Huawei dasturi (masalan, Apple smartfonlaridagi FaceTime'ning analogi bo‘lgan Meetime) bilan yangilangan EMUI 10.1 qobig‘idan foydalanadi. Uning yordamida Huawei smartfonlari foydalanuvchilari Full HD o‘lchamidagi video-suhbatda bir-biri bilan muloqot qilishlari mumkin.Huawei, shuningdek, Celia ovozli assistenti ishga tushirilishini ma’lum qildi. U dastlabki etabda ingliz, fransuz va ispan tillarida ishlaydi. Yordamchi internetdan ma’lumot topishi, ob-havo haqida gapirishi, budilnik o‘rnatishi, eslatmalar va shunga o‘xshash vazifalarni bajarishi mumkin.

P40 va P40 Pro turli xil ranglarda va hatto barmoq izlarini saqlamaydigan matt korpusda sotuvga chiqariladi. P40 Pro Plus esa keramik korpusga ega. Sotuv boshlanishi sanasi va narxlar keyinroq e’lon qilinadi.

O‘QING: Huawei kamerasini sensorli displey o‘rab turuvchi smartfon patentladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!