Inha universiteti birinchi imtihonga kirish hujjatlarini qabul qilish jarayonini uzaytirdi

  •   DiMaX
  •  886
  •  31.03.2020 18:06

Inha universiteti birinchi imtihonga kirish hujjatlarini qabul qilish jarayonini uzaytirdi

Toshkent shahridagi Inha universiteti rasmiy saytida «Kompyuter va dasturiy injiniring» hamda «Logistika» fakultetlariga hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlangani haqida yozgandik. Unga ko‘ra, birinchi kirish imtihoni 12 aprel kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi.

O‘QING: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda onlayn ta’lim yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur muddat uzaytirilgan. Toshkent shahridagi Inha universitetiga kirishni xohlovchilar 10 aprelgacha «Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti» (SOCIE) va «Logistika» (SOL) fakultetlariga o‘z hujjatlarini topshirishlari mumkin.

Buning uchun universitet saytidagi ro‘yxatdan o‘tish shaklini to‘ldirish va quyidagi hujjatlarning nusxalarini jo‘natish kerak:

  • pasport nusxasi;
  • o‘rta maktab, akademik liqey, kasb-hunar kollejini bitirganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma yoki diplom.
  • 3,5 x 4,5 hajmdagi fotosurat;
  • IELTS yoki TOEFL iBT sertifikati.

Agarda siz o‘rta maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejida o‘qishni bitirmagan bo‘lsangiz, unda mazkur o‘quv muassasadan o‘qiganligingiz haqida ma’lumotnomani taqdim etishingiz kerak.

O‘QING: Inha universitetida dasturlashni bepul o‘rgatuvchi ilk Co-Learning Center ochildi

Birinchi kirish imtihonlari:

  • «Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti» (SOCIE) fakultetiga kirish uchun 25 aprel kuni o‘tkaziladi;
  • «Logistika» (SOL) fakultetiga kirish uchun 26 aprel kuni o‘tkaziladi.

Ikkita fakultetiga bitta fan – Matematika fani topshiriladi. Shartli ravishda quiydagi sertifikatlarni taqdim etish lozim:

  • SOCIE uchun – 5 ball natijasidan past bo‘lmagan IELTS sertifikati, 50 ball natijasidan past bo‘lmagan TOEFL iBT sertifikati;
  • SOL uchun – 5,5 ball natijasidan past bo‘lmagan IELTS sertifikati, 71 ball natijasidan past bo‘lmagan TOEFL iBT sertifikati.

Saytda ko‘rsatilgan (https://inha.uz/pages/185) talablarga javob beradigan xorijiy talabalar ingliz tilini bilganligi to‘g‘risida sertifikatni taqdim etganlaridan keyin universitetga imtihonsiz qabul qilinadi.

Kirish jarayoni va imtihonlar haqida batafsil ma’lumotlarni universitetning rasmiy veb-saytida ko‘rish mumkin: https://inha.uz/pages/190.

O‘QING: Inha universiteti talabasining ixtirosi – «O‘zbekiston ayollarining 100ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» g‘olibi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!