NOKIA 10 – qo‘sh kamerali ajoyib romsiz flagman

  •   Saroy
  •  2337
  •  20.06.2018 11:25

NOKIA 10 – qo‘sh kamerali ajoyib romsiz flagman

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan CES 2018 ko‘rgazmasida Finlandiyaning HMD Global kompaniyasi bir yo‘la to‘rtta yangi smartfonini namoyish etishni rejalashtirgan. Ular: juda arzon Nokia 1, unchalik qimmat bo‘lmagan Nokia 4, o‘rtacha narxdagi Nokia 7 (Global), shuningdek, Nokia 9 flagmani. Oxirgi telefon juda chiroyli, qulay va ixchamligi uchun xaridorlar e’tiborini qozandi, aslida ham, aynan shu smartfon kompaniyaning haqiqiy flagmaniga aylanishiga umid qilinmoqda, zero ushbu qurilma boshqalariga qaraganda ancha ustunliklarga ega bo‘lishi kutilmoqda. Shunga qaramay, mazkur telefon finlandiyaliklarning eng zo‘r telefoni, degan maqomni uzoq saqlab tura olmaydi. Gap shundaki, bir necha oydan keyin bozorga  Nokia 10 chiqadi.

Yana bir haftadan keyin Nokia 9 rasman ommaga ko‘rsatiladi,  vaqt esa tez o‘tmoqda, hademay, uning 8 yadroli Snapdragon 835 protsessori va romsiz ekrani  Sony, Xiaomi, Samsung, LG va boshqa o‘nlab brendlar bilan solishtirganda eskirgan matohga o‘xshab ko‘rinib qolishi mumkin. To‘g‘ri, ko‘pchilik baribir Finlandiyaning HMD Global kompaniya ishlab chiqarayotgan sifatli mahsulotini ma’qul ko‘radi, lekin bu har doim shunday bo‘lib qolishiga kafolat bo‘la olmaydi-da.

O‘QING: Millionlar kutayotgan Nokia 5.1 Plus umidni puchga chiqaradi

AndroidCrunch axborot resursida ta’kidlanishicha, 2018 yilning  uchinchi choragida barchani o‘ziga mahliyo qiladigan, ajoyib qurilma –  romsiz  Nokia 10 smartfoni bozorga chiqariladi. Mazkur apparat asosiy qo‘sh kamerasi, temir korpusi,  8-yadroli  Qualcomm Snapdragon 845 protsessori bilan bemalol maqtana oladi. Qurilmaning tezkor xotirasi 8 GB.

Axborot resursning qo‘shimcha qilishicha,   Nokia 10 smartfoni barmoq izlari skaneriga ega Synaptics kompaniyasining displeyi bilan ta’minlanadi.  Bundan tashqari, apparatda to‘laqonli Face ID yuz skaneri ham mavjud, xuddi iPhone X smartfonidagi kabi. Qolaversa, qurilma  Adreno 630 grafik tezlatkich, USB Type-C,  Quick Charge 4.0+ tezkor quvvatlagichga ega akkumulyator bilan ta’minlangan. Eng muhimi, smartfon suv va changdan himoyalanish tizimiga ega bo‘lib,  chuqurligi ikki metrgacha bo‘lgan suv ostida bir soatdan ortiq tura oladi.

Yaqin kunlarda ushbu xabarlar o‘z tasdig‘ini topsa kerak, chunki agar HMD Global  haqiqatan ham Nokia 10 flagmani taqdimotiga  hozirlanayotgan bo‘lsa, demak tez orada ushbu qurilmaning tashqi ko‘rinishi va texnik tavsifi tarmoqlarda paydo bo‘la boshlaydi.

O‘QING: Nokia’ dan o‘ziga xos sovg‘a: maqbul narxda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!