RASMAN: Android Q uchinchi beta-versiyasigacha yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxati
Qidiruv giganti kuni kecha Google I/O konferensiyasi doirasida Android Q operatsion tizimining to‘laqonli anonsini berdi. Shu bilan birga, uning uchinchi beta-versiyasigacha yangilanuvchi smartfonlar modellarini ham e’lon qildi.
O‘QING: Android Q ikkinchi beta-versiyada taqdim etildi – yangi imkoniyatlar bilan tanishing! (+video)
Android Q Beta 3 talqinini 13 ta smartfonsozning jami 21 nomdagi modellariga yuklab olish mumkin. Buning uchun Android Beta testerlar safiga qo‘shilish kerak bo‘ladi.
Ushbu modellar quyidagilardir:
- Barcha avlod Google Pixel smartfonlari
- ASUS ZenFone 5z
- OnePlus 6T
- Xiaomi Mi 9 (Sotib olish)
- Xiaomi Mi Mix 3 5G
- Nokia 8.1
- LG G8
- Essential Phone
- Huawei Mate 20 Pro
- Sony Xperia XZ3
- OPPO Reno
- Tecno Spark 3 Pro
- Realme 3 Pro
- Vivo X27
- Vivo NEX S
- Vivo NEX A
Har doimgidek, yangi proshivkani o‘rnatish jarayoni qurilma modeliga qarab har xil kechadi. Ayrimlar o‘z smartfonlarini Android Beta dasturiga qo‘shilgandan keyinoq Wi-Fi orqali yangilab olishlari mumkin bo‘ladi, ba’zi foydalanuvchilar sal kutishlariga to‘g‘ri keladi.
O‘QING: Android Q oboylari va ringtonlarini hozirdanoq o‘rnatib olishingiz mumkin!