Salonida Wi-Fi bo‘lgan Airbus A320 neo rusumli ikkinchi samolyot Toshkentga yetib keldi

  •   DiMaX
  •  750
  •  10.04.2019 08:55

Salonida Wi-Fi bo‘lgan Airbus A320 neo rusumli ikkinchi samolyot Toshkentga yetib keldi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan Airbus A320 neo rusumli yangi samolyot qo‘ndi. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

O‘QING: Samolyotlarimizda endi internet-to‘plamlar sotib olish mumkin, to‘lovi esa plastikdan!

Ushbu samolyot «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi aviaparkini to‘ldiradi va Wi-Fi-dan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan ikkinchi samolyot hisoblanadi, deyiladi xabarda.

Airbus A320 neo rusumidagi birinchi samolyot Toshkentga joriy yilning 11 martida keltirilgan bo‘lib, hozirgi kunda undan aviakompaniyaning xalqaro yo‘nalishlarida muvaffaqiyatli foydalanilmoqda.

Yangi samolyot tejamkorligi, CFM International kompaniyasida ishlab chiqarilgan so‘nggi avlod LEAP-1A dvigatellariga egaligi bilan ajralib turadi. Samolyot qanotlarining zamonaviy konstruksiyasi havo kemasining aerodinamik xususiyatlarini yaxshilash imkonini bergan.

Havo kemasi 150 nafar yo‘lovchi sig‘imiga ega bo‘lib, ikki klassli komponovkadan iborat. Yo‘lovchi salonining zamonaviy ko‘rinishi parvoz chog‘ida yuqori darajadagi qulayliklarni yaratib beradi.

Har bir o‘rindiq qarshisida o‘rnatilgan ekran, havo haroratini bir me’yorda saqlash bo‘yicha takomillashtirilgan tizim samolyotning yana bir qulayligi hisoblanadi.

Yaqin kunlarda «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasida internet tarmog‘iga ulanish imkoni mavjud bo‘lgan Boeing 787-8 Dreamliner rusumidagi to‘rtinchi samolyot keltirilishi ham kutilmoqda.

O‘QING: Su-35S AQShning «ko‘rinmas» samolyotini ko‘rib qoldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!