Samsung eski smartfonlar egalarini yana umidvor qilyapti

  •   DiMaX
  •  1500
  •  18.04.2020 13:52

Samsung eski smartfonlar egalarini yana umidvor qilyapti

Avvalroq Galaxy S9, Galaxy S9+ hamda Galaxy Note 9 modellariga One UI 2 grafik qobig‘i chiqmasligi aytilgan edi. Lekin so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, janubiy koreyalik texnogigant bu flagmanlar egalarini xursand qiladi.

O‘QING: Samsung'chilarga ikkita xabar bor: biri yaxshi, biri yomon. Qaysi biridan boshlaylik?

Samsung kompaniyasining Hindistondagi rasmiy vakili Galaxy S9+ foydalanuvchisi bilan kechgan suhbatida aytishicha, ushbu turkum modellariga One UI 2.1 talqinidagi grafik qobiq chiqarilishidan hali umid qilsa bo‘ladi. Biroq mazkur apdeytning qachon taqdim etilishi borasida u hatto taxminiy bo‘lsa ham ma’lumot bermagan.

Ikki yil avvalgi flagmanlar egalariga umid bag‘ishlovchi yana bir holat bor – Galaxy Note 10 Lite modeliga yaqinda One UI 2.1 tarqatilgan. To‘g‘ri, bu «yengillashtirilgan» fablet yangi – joriy yilning boshida namoyish etilgan. Lekin uning «elektron yuragi» – ayni o‘sha 2018 yilgi flagmanlardagi protsessor qo‘llangan.

Aytib o‘tish kerakki, One UI 2.1 grafik qobig‘i smartfonlarga Galaxy S20 turkumidagi flagmanlar bilan taqdim etilgan yangi funksiyalar va imkoniyatlarni baxsh etadi. Ular qatorida yangicha AR-emodzilar, tezkor fayl almashish – Quick share, Music Share, video suratga olishda «professional» rejim, old kamera orqali soniyasiga 60 kadr tezligida 4K formatli videos’yomka va boshqalar mavjud.

O‘QING: Eng zo‘r flagmanlarda eng keraksiz va hatto zararli bir funksiya bor!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!