Samsung`ning yangi protsessorlari haqida

Samsung`ning yangi protsessorlari haqida

Aksariyat smartfon ishlab chiqaruvchilar o‘z devayslarini Qualcomm, MediaTek va Intel protsessorlari bazasida qurmoqda. Janubiy Koreya brendi Samsung esa o‘zlari ishlab chiqqan protsessorlardan foydalanishidan ko‘pchilik xabardor.

Global tarmoqda 2016 yilgi smartfonlar Samsung Exynos platformasi asosida ishlab chiqarilishi haqidagi ba’zi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

SamMobile xabarlariga tayanilsa, yangi Samsung Exynos 7880 va 7650 “o‘rtanarxli segmentning muvaffaqiyatli qurilmasi” sifatida belgilangan. Ular 28-nanometrli texnojarayonlar asosida quriladi.

Birinchi chipset Samsung Exynos 7880 c big.LITTLE konfiguratsiya ega va 1,8 GGs chastotali Cortex-A72 va 1,3 GGs chastotali Cortex-A53 yadro, shuningdek, ARM Mali-T860MP4 GPU grafikasi bilan ta’minlangan.

Ikkinchi chipsetga esa 1,7 GGs chastotali Cortex-A72 va 1,3 GGs chastotali plyus ARM Mali-T860MP3 GPU grafikali Cortex-A53 yadrosi o‘rnatilgan.

Samsung Galaxy S7 flagmani turli protsessorlarga ega 3 ta xil variantda ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Ulardan biri Qualcomm protsessori asosida ishlaydi. Taxminlarga ko‘ra, Galaxy S7 smartfoniga Qualcomm Snapdragon 820 (MSM8996) top protsessori o‘rnatiladi.

Aksariyat bozorlarga Exynos 8890 asosidagi flagmanlar chiqariladi. Hozirgi shartli nomi Mongoose(marketing nomi Exynos M1).

Ikkinchi protsessor firmasi Exynos 7422 bo‘lishi mumkin. Bu chipsetni Note 5 da kutgandilar, ammo u S6 va S6 edge Exynos 7420ning sinov nusxalarida ishlatilgan.

Qualcomm protsessorli Galaxy S7 AQSh va Xitoy, Exynos 7422 versiyalisi Hindiston, Exynos 8890 versiyali S7 esa Janubiy Koreya, Yaponiya va Yevropa bozorlari uchun mo‘ljallanmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!