Samsung'ning ushbu byudjet smartfoni Android 13 bilan qutidan chiqadigan ilk Galaxy bo'ladi
Samsung o'zining Galaxy smartfonlari uchun Android 13 ga asoslangan One UI 5 yangilanishini rasman namoyish qildi va uni shu oyda, kelayotgan haftalarda tarqatishni boshlanishini aytdi. Odatda, kompaniyaning hozirgi flagmanlari ushbu yangilanishni eng birinchilardan bo'lib qabul qilishsa, yangi avlod flagmanlari (Galaxy S23 seriyasi) u o'rnatilgan holda qutidan chiqadigan ilk smartfonlar bo'lishar edi. Biroq, bu safar yangi flagmanlarni kutib o'tirishga hojat qolmaydigan ko'rinadi, Samsung'ning tez orada chiqarilishi kutilayotgan yangi byudjet smartfoni One UI 5 bilan keladi.
Wi-Fi Alliance ma'lumotlar bazasida Galaxy A13 5G davomchisi, SM-A146P-DSN model raqamli Galaxy A14 5G smartfoni paydo bo'ldi. Qizig'i shundaki, smartfon Android 13 operatsion tizimida ishlashi ko'rsatilgan va bu One UI 5 degani.
Yaqinda Galaxy A14, undan avval esa Galaxy S23 renderlari tarqatilgan edi. Ta'kidlash joizki, ramka va smartfon o'lchamlarini hisobga olmasa ular bir-birlaridan tashqi ko'rinishda deyarli farq qilmaydi. Mish-mishlarga ko'ra, Galaxy A14 smartfoni 167.7x78.7x9.3 o'lchamda, Infinity-U dizaynidagi 6.8 dyuymli FHD+ ekran, yon tomonda barmoq izi skaneri, uchlik orqa kamera, 3.5 millimetrli naushnik uyasi, va 5G bilan noyabr oxiri yoki dekabr boshida chiqariladi.
O'QING: Android 13 qabul qila oladigan Samsung smartfonlari ro‘yxati